Етакчилик
Birgalikda “Katta To‘rtlik”ni ibodat qilish
Biz hammamiz ibodat qiluvchi, lekin bu ibodatning maqsadi ham, katta ta’siri ham bo‘lmagan jamoatlarning bir qismi bo‘lib kelganmiz. Afsuski, jamoatdagi ibodat juda ko‘p hollarda ovqatdan oldin qilinadigan ibodatga o‘xshab qolmoqda – u majburiy va uni bajarishga doir qaroringizni hamma hurmat qiladi, lekin hech kim bundan to‘liq voz kechmaydi. U bir amaldan keyingi amalga o‘tishga juda qo‘l keladigan vosita bo‘lishgacha qisqarib bormoqda. Kelinglar hammamiz ko‘zlarimizni yumib boshimizni egamiz, toki hamdu-sano guruhining sahnaga chiqishi va tushishi beo‘xshov bo‘lib ko‘rinmasin.
Ibodat yig‘ilishdagi asosiy qismni, ya’ni, yakshanba va’zini ochib beradigan amal bo‘lib qolgan. XIX asrda yashab o‘tgan cho‘pon E. M. Bounds bizga quyidagi gapni esga soladi, “Xudo uchun odamlarga gapirish – buyuk ishdir, lekin odamlar uchun Xudoga gapirish – bundan ham buyukroq ishdir.”
Bundan kelib chiqib, aytishim mumkinki, men cho‘ponlik qilayotgan Tamal Toshi (Cornerstone) jamoatida biz uchun ibodat katta ahamiyatga ega. Biz a’zolarimiz va yig‘ilishlarimizdagi ishtirokchilar faqatgina sahnadan turib aytilgan hamdu sanolar va va’zlar orqali Xudoni eshitishlarini xohlamaymiz. Agar shunday bo‘lganda, bu odamlar o‘zlarini tomoshabin sifatida his qilishlariga to‘g‘ri kelar edi, vaholanki bizning umumiy sajdadagi maqsadimiz bu emas. Maqsadimiz ham shaxsiy, ham birgalikdagi xizmatlardir. Biz bu qatnashuvchilar Xudo bilan aloqada bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini xohlaymiz va biz ibodatga bu maqsadni amalga oshirishning ajralmas qismi sifatida qaraymiz.
Har bir kishi jamoatda ibodat qilishimiz kerakligini biladi. Lekin, hamma gap qanday ibodat qilishda, shuning uchun, biz umumiy ibodatdan jamoatimizni Xudo bilan qanday bog‘lanishga o‘rgatishning bir yo‘li sifatida foydalanamiz.
Bu intizom orqali, biz uchta narsa haqida g‘amxo‘rlik qilishga umid qilamiz. Birinchisi, biz ibodatlarimiz tushunmovchiliklar yechimiga yo‘naltirilgan bo‘lishini xohlaymiz; ikkinchidan, ko‘pchiligimiz e’tibordan chetda qoldiradigan narsalar haqida (masalan, hukumat vakillari haqida) ibodat qilishni xohlaymiz; uchinchidan, biz muhim ibodat ko‘p vaqtni talab etishi shart emasligini ko‘rsatishni xohlaymiz. Ko‘pgina narsalar besh daqiqa ichida hal qilinishi mumkin.
Eng asosiysi, biz odamlar qanday ibodat qilishni bilishadi deb taxmin qilmaslikni o‘rgandik, shuning uchun, biz birgalikda yig‘ilganimizda “Katta To‘rtlik”ga alohida e’tibor qaratamiz.
ULUG‘LASH
Ulug‘lash bizning Xudo bilan bo‘lgan vaqtimiz uchun asos yaratib beradi. Biz uchun Xudo bilan gaplashish o‘ta sharafli ekanligini yuraklarimiz va onglarimizda joylashtirishni xohlaymiz. Ko‘pchiligimiz ibodatga shu darajada ko‘nikib ketganmizki, Xudoning oldiga hurmat-ehtirom bilan kelmaymiz. Xizmatimizning boshidan biz buning odini olishni xohlaymiz.
Buning o‘rniga, biz Xudoning ulug‘vor xarakterini – Uning kimligini va biz loyiq bo‘lmaganlar uchun Masih orqali nimalarni amalga oshirganini eslashni xohlaymiz. Isoning buyuk qurbonligi tufayli biz Xudoning oldiga jasorat bilan yaqinlasha olamiz. Lekin, ulug‘lash ibodatlari biz Uning oldiga kamtarlik bilan kelishimiz kerakligini ham eslatadi.
IQROR BO‘LISH/GUNOHLARNI E’TIROF ETISH
Agar biz ulug‘lashni to‘g‘ri amalga oshirayotgan bo‘lsak, unda iqror bo‘lish qalbimizning bunga javobi, keyingi mantiqiy qadam bo‘ladi. Xudoning muqaddasligiga yuzlanar ekanmiz, bizning gunohkorligimiz yaqqol namoyon bo‘lib qoladi va bu bizni iqror bo‘lishga olib boradi.
Jamoat-oilamizning a’zolaridan biron kishi gunohiga iqror bo‘lganini eshitar ekanmiz, qolgan hammamiz ichimizda “Men ham” deb o‘ylash – bizning umidimizdir. Biz odatda o‘z hayotimizdagi gunohni kichraytirib ko‘rsatamiz, lekin boshqalar gunohiga iqror bo‘lganini eshitganimizda bu yuraklarimizni tekshirish va sezmagan gunohlarimizni aniqlashga bizni ruhlantiradi. Bu bizni tushkunlikka emas, balki Xudoga bog‘liqlik va xursandchilikka olib boradi, chunki, ushbu onlarda biz Xudoning sadoqatli va yaxshi ekanligini eslaymiz (1 Yuhanno 1:9).
To‘g‘ri amalga oshirilgan iqror sajdaga yetaklaydi. Shunday bo‘lsada, u bizni hayotimizdagi zulmatni tekshirishga chorlagani sababli, biz odatda uni tark etib, Xudo bergan quvonchni his qilish imkoniyatini qo‘ldan boy beramiz. Har bir iqror ibodati jiddiy va afsus-nadomatli bo‘lishi kerak lekin, u har doim xursandchilik bilan tugashi kerak, xuddi 31- Dovud Sanosi kabi:
«Dovud qasidasi. Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir, Egamiz kimning gunohidan o‘tgan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir. Egamiz kimning aybini yozmagan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir, Ruhida hiyla bo‘lmaganlar baxtlidir.»
MINNATDORCHILIK BILDIRISH
Biz hammamiz Xudoning cheksiz qudratini tan olamiz. Lekin, agar ehtiyot bo‘lmasak, bu tan olish bizning Xudoni ulug‘lash xohishimizni samimiy minnatdorchiligimiz bilan birga barbod qilishi mumkin.
Bu dunyoda buzilgan, lekin biz Xudo ularni tuzatishini xohlaydigan ko‘p narsalar bor. Shunga qaramay, Masihiylar sifatida bilamizki, minnatdorchilik odatda nolishga qarshi eng yaxshi vositadir. Yakshanba kunidagi yig‘ilishlarimizda Xudo kimligi va Uning nimalar qilayotgani uchun minnatdorchillik bildirishga maxsus vaqt ajratish o‘ta muhim. Oxir oqibat, og‘ir zulm ostida qolgan va tushkunlikka tushgan ruh Xudoning bizlarga atalgan marhamatli so‘zlarini eshitishga to‘siq bo‘lishi mumkin (Chiqish 6:9). Shunday qilib, minnatdorchilik ibodatlarimizda, biz bir-birimizga minnatdor bo‘lishimiz kerakligini eslatishni xohlaymiz va ba’zan bizni ushbu yo‘nalishga yo‘naltirish uchun bizga yana kimdir kerak bo‘ladi. Qisqa qilib aytganda, biz Xudoning yaxshi ekanligini unutmagan holda, dunyoning xastaliklaridan xabardor bo‘lishga intilamiz, — bu Pavlusning quyidagi gapiga mos keladi: bizni xafa qilyaptilar, ammo doimo xursandmiz (2 Korinfliklarga 6:10).
SO‘RASH
Jamoat a’zolari bizni ulug‘lash, iqror bo‘lish va minnatdorchilik bildirish ibodatlari sari yetaklasa, biz cho‘ponlar sifatida, so‘rov ibodatlarini olib borishni o‘z bo‘ynimizga olishga qaror qilganmiz. Biz jamoatimiz va jamoamizning xayolidagi Xudodan so‘rashlari mumkin bo‘lgan narsalar gorizontini kengaytirishni xohlaymiz.
Umuman olganda, odamlar Xudoga yaqinlashish yo‘llari haqida juda tor o‘ylaydilar. Ibodat haqida o‘ylaganda, ular odatda shunchaki Xudodan narsalar so‘rash xayollariga keladi. Biz yuqorida sanab o‘tgan ibodatlarni ishlatish yo‘llari bunga yechim bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Shunga o‘xshab, men hatto Xudodan so‘raydigan narsalari borasida juda tor o‘ylaydigan insonlarni uchratganman. Biz Xudodan bemor insonga shifo berishini so‘rashimizning, bir xil ibodat bilan ibodat qilishimizning va “agar bu sening irodang bo‘lsa” kabi jumlalarni ishlatmasdan Xudodan ba’zi narsalarni so‘rashimizning hech qanday yomon joyi yo‘qligini ularga yaxshilab tushuntirishni xohlaymiz. Shunday bo‘lsada biz, “Bizning osmondagi Otamiz” ibodatidagi Isoning namunasiga rioya qilgan holda, birinchi navbatda Xudoning irodasi bajo bo‘lishini istaymiz.
Lekin afsuski, ko‘pchiligimiz Xudoning qodir ekaniga va aynan bizning hayotimizda buyuk ishlarni amalga oshirishni xohlashiga shubha bilan qaraymiz. Jamoat sifatida, biz Iso nomi bilan katta narsalarni so‘rash orqali Uning buyukligini namoyon etishni xohlaymiz! Buning go‘zalligi shundaki, ba’zan Xudo “YO‘Q” deb javob beradi, toki biz birgalikda hayot yo‘li bo‘ylab Unga ishongan holda o‘sib boraylik. Boshqa tomondan, ba’zan Xudo so‘rashimiz mumkin bo‘lgan yoki tasavvurimizdagidan ham buyukroq narsalarni amalga oshiradi; U “HA” deb javob beradi—toki bizning imonimiz mustahkamlansin.
Jamoat sifatida biz, jamoaviy sajda qilishni xohlaymiz, shaxsiy tarzda emas; biz ayollar va erkaklar sajda vaqtini Muqaddas Kitob qo‘llab quvvatlaydigan tarzda olib borishlarini xohlaymiz va biz turli xil odamlarning Xudoga har xil tarzda gapirayotganlarini namoyon etishni xohlaymiz.
Bularning barini amalga oshirish mumkin, chunki umumiy ibodat bizning Yakshanba kunidagi yig‘ilishlarimizning muhim jihatidir. Bizning a’zolarimiz va hatto mehmonlar ham muhim ibodat qisqa vaqtning ichida har xil ko‘rinishda amalga oshirilishini yodda tutgan holda, ibodat qilayotgan shaxsda o‘zlarini ko‘ra olishlari mumkin. Biz yig‘ilishimizda ulug‘lash, iqror bo‘lish, minnatdorchilik bildirish va so‘rash elementlari borligi sababli, his-tuyg‘u kengligini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lamiz va bu kenglik Xudo bilan munosabatimizning bir qismiga aylanishi kerak.
XULOSA
Siz restoranda ofitsiantga gapirayotganingizda, shunchaki buyurtmalarni taqdim etasiz. Agar siz uni ko‘rib zavqlanadigan odam oldida bo‘lganingizda, unga xushomadlar yog‘dirgan bo‘lar edingiz. Bularning har ikkalasi ham yuzaki munosabatdir. Lekin, Xudo o‘z xalqi bilan chuqur munosabat o‘rnatishni xohlaydi va munosabat qanchalik chuqur bo‘lsa, aloqa tarzi shunchalik xilma-xil bo‘ladi.
Jon Onvuchekva
Биргаликда “Катта Тўртлик”ни ибодат қилиш
Биз ҳаммамиз ибодат қилувчи, лекин бу ибодатнинг мақсади ҳам, катта таъсири ҳам бўлмаган жамоатларнинг бир қисми бўлиб келганмиз. Афсуски, жамоатдаги ибодат жуда кўп ҳолларда овқатдан олдин қилинадиган ибодатга ўхшаб қолмоқда – у мажбурий ва уни бажаришга доир қарорингизни ҳамма ҳурмат қилади, лекин ҳеч ким бундан тўлиқ воз кечмайди. У бир амалдан кейинги амалга ўтишга жуда қўл келадиган восита бўлишгача қисқариб бормоқда. Келинглар ҳаммамиз кўзларимизни юмиб бошимизни эгамиз, токи ҳамду-сано гуруҳининг саҳнага чиқиши ва тушиши беўхшов бўлиб кўринмасин.
Ибодат йиғилишдаги асосий қисмни, яъни, якшанба ваъзини очиб берадиган амал бўлиб қолган. XIX асрда яшаб ўтган чўпон Э. М. Боундс бизга қуйидаги гапни эсга солади, “Худо учун одамларга гапириш – буюк ишдир, лекин одамлар учун Худога гапириш – бундан ҳам буюкроқ ишдир.”
Бундан келиб чиқиб, айтишим мумкинки, мен чўпонлик қилаётган Тамал Тоши (Cornerstone) жамоатида биз учун ибодат катта аҳамиятга эга. Биз аъзоларимиз ва йиғилишларимиздаги иштирокчилар фақатгина саҳнадан туриб айтилган ҳамду санолар ва ваъзлар орқали Худони эшитишларини хоҳламаймиз. Агар шундай бўлганда, бу одамлар ўзларини томошабин сифатида ҳис қилишларига тўғри келар эди, ваҳоланки бизнинг умумий саждадаги мақсадимиз бу эмас. Мақсадимиз ҳам шахсий, ҳам биргаликдаги хизматлардир. Биз бу қатнашувчилар Худо билан алоқада боғланиш имкониятига эга бўлишларини хоҳлаймиз ва биз ибодатга бу мақсадни амалга оширишнинг ажралмас қисми сифатида қараймиз.
Ҳар бир киши жамоатда ибодат қилишимиз кераклигини билади. Лекин, ҳамма гап қандай ибодат қилишда, шунинг учун, биз умумий ибодатдан жамоатимизни Худо билан қандай боғланишга ўргатишнинг бир йўли сифатида фойдаланамиз.
Бу интизом орқали, биз учта нарса ҳақида ғамхўрлик қилишга умид қиламиз. Биринчиси, биз ибодатларимиз тушунмовчиликлар ечимига йўналтирилган бўлишини хоҳлаймиз; иккинчидан, кўпчилигимиз эътибордан четда қолдирадиган нарсалар ҳақида (масалан, ҳукумат вакиллари ҳақида) ибодат қилишни хоҳлаймиз; учинчидан, биз муҳим ибодат кўп вақтни талаб этиши шарт эмаслигини кўрсатишни хоҳлаймиз. Кўпгина нарсалар беш дақиқа ичида ҳал қилиниши мумкин.
Энг асосийси, биз одамлар қандай ибодат қилишни билишади деб тахмин қилмасликни ўргандик, шунинг учун, биз биргаликда йиғилганимизда “Катта Тўртлик”га алоҳида эътибор қаратамиз.
УЛУҒЛАШ
Улуғлаш бизнинг Худо билан бўлган вақтимиз учун асос яратиб беради. Биз учун Худо билан гаплашиш ўта шарафли эканлигини юракларимиз ва онгларимизда жойлаштиришни хоҳлаймиз. Кўпчилигимиз ибодатга шу даражада кўникиб кетганмизки, Худонинг олдига ҳурмат-эҳтиром билан келмаймиз. Хизматимизнинг бошидан биз бунинг одини олишни хоҳлаймиз.
Бунинг ўрнига, биз Худонинг улуғвор характерини – Унинг кимлигини ва биз лойиқ бўлмаганлар учун Масиҳ орқали нималарни амалга оширганини эслашни хоҳлаймиз. Исонинг буюк қурбонлиги туфайли биз Худонинг олдига жасорат билан яқинлаша оламиз. Лекин, улуғлаш ибодатлари биз Унинг олдига камтарлик билан келишимиз кераклигини ҳам эслатади.
ИҚРОР БЎЛИШ/ГУНОҲЛАРНИ ЭЪТИРОФ ЭТИШ
Агар биз улуғлашни тўғри амалга ошираётган бўлсак, унда иқрор бўлиш қалбимизнинг бунга жавоби, кейинги мантиқий қадам бўлади. Худонинг муқаддаслигига юзланар эканмиз, бизнинг гуноҳкорлигимиз яққол намоён бўлиб қолади ва бу бизни иқрор бўлишга олиб боради.
Жамоат-оиламизнинг аъзоларидан бирон киши гуноҳига иқрор бўлганини эшитар эканмиз, қолган ҳаммамиз ичимизда “Мен ҳам” деб ўйлаш – бизнинг умидимиздир. Биз одатда ўз ҳаётимиздаги гуноҳни кичрайтириб кўрсатамиз, лекин бошқалар гуноҳига иқрор бўлганини эшитганимизда бу юракларимизни текшириш ва сезмаган гуноҳларимизни аниқлашга бизни руҳлантиради. Бу бизни тушкунликка эмас, балки Худога боғлиқлик ва хурсандчиликка олиб боради, чунки, ушбу онларда биз Худонинг садоқатли ва яхши эканлигини эслаймиз (1 Юҳанно 1:9).
Тўғри амалга оширилган иқрор саждага етаклайди. Шундай бўлсада, у бизни ҳаётимиздаги зулматни текширишга чорлагани сабабли, биз одатда уни тарк этиб, Худо берган қувончни ҳис қилиш имкониятини қўлдан бой берамиз. Ҳар бир иқрор ибодати жиддий ва афсус-надоматли бўлиши керак лекин, у ҳар доим хурсандчилик билан тугаши керак, худди 31- Довуд Саноси каби:
«Довуд қасидаси. Итоатсизлиги кечирилганлар бахтлидир, Эгамиз кимнинг гуноҳидан ўтган бўлса, Ўша инсон бахтлидир. Эгамиз кимнинг айбини ёзмаган бўлса, Ўша инсон бахтлидир, Руҳида ҳийла бўлмаганлар бахтлидир.»
МИННАТДОРЧИЛИК БИЛДИРИШ
Биз ҳаммамиз Худонинг чексиз қудратини тан оламиз. Лекин, агар эҳтиёт бўлмасак, бу тан олиш бизнинг Худони улуғлаш хоҳишимизни самимий миннатдорчилигимиз билан бирга барбод қилиши мумкин.
Бу дунйода бузилган, лекин биз Худо уларни тузатишини хоҳлайдиган кўп нарсалар бор. Шунга қарамай, Масиҳийлар сифатида биламизки, миннатдорчилик одатда нолишга қарши энг яхши воситадир. Якшанба кунидаги йиғилишларимизда Худо кимлиги ва Унинг нималар қилаётгани учун миннатдорчиллик билдиришга махсус вақт ажратиш ўта муҳим. Охир оқибат, оғир зулм остида қолган ва тушкунликка тушган руҳ Худонинг бизларга аталган марҳаматли сўзларини эшитишга тўсиқ бўлиши мумкин (Чиқиш 6:9). Шундай қилиб, миннатдорчилик ибодатларимизда, биз бир-биримизга миннатдор бўлишимиз кераклигини эслатишни хоҳлаймиз ва баъзан бизни ушбу йўналишга йўналтириш учун бизга яна кимдир керак бўлади. Қисқа қилиб айтганда, биз Худонинг яхши эканлигини унутмаган ҳолда, дунёнинг хасталикларидан хабардор бўлишга интиламиз, — бу Павлуснинг қуйидаги гапига мос келади: бизни хафа қиляптилар, аммо доимо хурсандмиз (2 Коринфликларга 6:10).
СЎРАШ
Жамоат аъзолари бизни улуғлаш, иқрор бўлиш ва миннатдорчилик билдириш ибодатлари сари етакласа, биз чўпонлар сифатида, сўров ибодатларини олиб боришни ўз бўйнимизга олишга қарор қилганмиз. Биз жамоатимиз ва жамоамизнинг хаёлидаги Худодан сўрашлари мумкин бўлган нарсалар горизонтини кенгайтиришни хоҳлаймиз.
Умуман олганда, одамлар Худога яқинлашиш йўллари ҳақида жуда тор ўйлайдилар. Ибодат ҳақида ўйлаганда, улар одатда шунчаки Худодан нарсалар сўраш хаёлларига келади. Биз юқорида санаб ўтган ибодатларни ишлатиш йўллари бунга ечим бўлади, деб умид қиламиз.
Шунга ўхшаб, мен ҳатто Худодан сўрайдиган нарсалари борасида жуда тор ўйлайдиган инсонларни учратганман. Биз Худодан бемор инсонга шифо беришини сўрашимизнинг, бир хил ибодат билан ибодат қилишимизнинг ва “агар бу сенинг ироданг бўлса” каби жумлаларни ишлатмасдан Худодан баъзи нарсаларни сўрашимизнинг ҳеч қандай ёмон жойи йўқлигини уларга яхшилаб тушунтиришни хоҳлаймиз. Шундай бўлсада биз, “Бизнинг осмондаги Отамиз” ибодатидаги Исонинг намунасига риоя қилган ҳолда, биринчи навбатда Худонинг иродаси бажо бўлишини истаймиз.
Лекин афсуски, кўпчилигимиз Худонинг қодир эканига ва айнан бизнинг ҳаётимизда буюк ишларни амалга оширишни хоҳлашига шубҳа билан қараймиз. Жамоат сифатида, биз Исо номи билан катта нарсаларни сўраш орқали Унинг буюклигини намоён этишни хоҳлаймиз! Бунинг гўзаллиги шундаки, баъзан Худо “ЙЎҚ” деб жавоб беради, токи биз биргаликда ҳаёт йўли бўйлаб Унга ишонган ҳолда ўсиб борайлик. Бошқа томондан, баъзан Худо сўрашимиз мумкин бўлган ёки тасаввуримиздагидан ҳам буюкроқ нарсаларни амалга оширади; У “ҲА” деб жавоб беради—токи бизнинг имонимиз мустаҳкамлансин.
Жамоат сифатида биз, жамоавий сажда қилишни хоҳлаймиз, шахсий тарзда эмас; биз аёллар ва эркаклар сажда вақтини Муқаддас Китоб қўллаб қувватлайдиган тарзда олиб боришларини хоҳлаймиз ва биз турли хил одамларнинг Худога ҳар хил тарзда гапираётганларини намоён этишни хоҳлаймиз.
Буларнинг барини амалга ошириш мумкин, чунки умумий ибодат бизнинг Якшанба кунидаги йиғилишларимизнинг муҳим жиҳатидир. Бизнинг аъзоларимиз ва ҳатто меҳмонлар ҳам муҳим ибодат қисқа вақтнинг ичида ҳар хил кўринишда амалга оширилишини йодда тутган ҳолда, ибодат қилаётган шахсда ўзларини кўра олишлари мумкин. Биз йиғилишимизда улуғлаш, иқрор бўлиш, миннатдорчилик билдириш ва сўраш элементлари борлиги сабабли, ҳис-туйғу кенглигини кўрсатиш имконига эга бўламиз ва бу кенглик Худо билан муносабатимизнинг бир қисмига айланиши керак.
ХУЛОСА
Сиз ресторанда офитциантга гапираётганингизда, шунчаки буюртмаларни тақдим этасиз. Агар сиз уни кўриб завқланадиган одам олдида бўлганингизда, унга хушомадлар ёғдирган бўлар эдингиз. Буларнинг ҳар иккаласи ҳам юзаки муносабатдир. Лекин, Худо ўз халқи билан чуқур муносабат ўрнатишни хоҳлайди ва муносабат қанчалик чуқур бўлса, алоқа тарзи шунчалик хилма-хил бўлади.
Жон Онвучеква