Muqaddas Kitobga binoan mahalliy jamoatning vazifasi nima?

05.03.2021

Kalomga binoan, mahalliy jamoatning vazifasi xushxabarni e’lon qilish, saqlash va namoyon etishdir. Xushxabarni e’lon qilish. Iso havoriylarga barcha xalqlarga xushxabarni e’lon qilish vazifasini berdi (Matto 28:18-20), shu bilan birga, U bu vazifani amalga oshirish uchun jamoatga asos soldi. Xushxabarni va’z qilish jamoatning asosiy vazifasidir (2-Tim. 2:15, 4:2). Xushxabarni saqlash. Pavlus jamoatni haqiqat poydevori va ustuni […]

Xushxabarni yaxshi aytish uchun bir nechta amaliy ko‘rsatmalar

12.16.2018

Ibodat qiling. Iso “Agar Meni yuborgan Ota birovni jalb qilmasa, u Menga kelolmaydi…”, – deb aytadi (Yuhanno 6:44). Najot berish Xudoning ishidir, shuning uchun biz Undan buni amalga oshirishni so‘rashimiz kerak. Savollar bering va o‘zlari (yashash tarzi, xarakteri) haqida jiddiy o‘ylashga chorlang. Odamlarga o‘z hayotlari, qarashlari va siz aytayotgan iddaolar haqida fikr yuritishga chorlaydigan savollar bering. Keyin […]

Yomon xushxabarchilik amallariga ba’zi misollar

12.09.2018

Umuman Xushxabar bilan bo‘lishmaslik. Xushxabarchilik bu injil xushxabari bilan bo‘lishish ekanligi sababli, xatolikka yo‘l qo‘yishning asosiy usuli bu xabarni umuman aytmaslikdir. Ba’zan ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan odamlar kambag‘allarga g‘amxo‘rlik qilish yoki mazlumlarga yordam berish orqali ular “so‘z ishlatmasdan xushxabar aytyapmiz”, deb o‘ylashlari mumkin. Aslida, ular xushxabar aytmayaptilar. Ular ehtimol, boshqalar uchun ajoyib mehr bilan va xolisona […]

Masihiylar xushxabar qilyapman deb o’ylab, odatda yanglishishadigan amaliyotlar nimalardan iborat?

12.07.2018

Shaxsiy guvohlik.Xudo sizning hayotingizda nima qilgani haqida gapirib berish masihiylarni ruhlantirishi, masihiy bo‘lmaganlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin, lekin buni xushxabarchilik deb bo‘lmaydi. Xushxabarchilik bu qachon bo‘lmasin o‘z gunohidan voz kechib, Isoga ishongan har bir gunohkorni qutqarish uchun Iso Masih nima qilgani haqidagi xabarni aytishdir. Ijtimoiy faoliyat. Biz kambag‘allar uchun g‘amxo‘rlik qilganimizda, himoyasizlarni himoya qilganimizda va adolatliroq […]

Buyuk Topshiriq mahalliy jamoatlardan nimani talab qiladi?

12.02.2018

Isoning borib barcha xalqlardan shogird orttirish topshirig‘ini (Matt. 28:19) bajarish uchun, jamoatlar quyidagilarni amalga oshirishi kerak: Injil Xushxabarini uzluksiz va’z qilish. Agar jamoat butun dunyoga xushxabar aytishni xohlasa, u o‘z qo‘shnilaridan boshlashi kerak. Birinchi qadam: jamoatning har bir ommaviy yig‘ilishida xushxabarni aniq va ravshan va’z qilish. Iso buyurgan hamma narsaga amal qilishni odamlarga o‘rgatish. Buyuk Topshiriq Isoning […]

Shaxsning xushxabarchilik faoliyati bilan jamoatining umumiy guvohligi o‘rtasida qanday aloqa bor?

11.17.2018

Jamoatning umumiy guvohligi shaxsning xushxabarchilik faoliyatini yo kuchaytiradi yoki barbod qiladi. Xushxabar muqaddas Xudoning sevgisi va sevuvchi Najotkorning qurbonligi haqidagi xabardir. Bu xushxabar haqiqiy kechirim, real kamtarlik va qattiq sevgi bilan ajralib turadigan xalqni yaratadi. Agar jamoat g‘azablanish, mag‘rurlik va xudbinlik bilan ajralib tursa, u tashqaridagilarni, shunchaki uzoqlashtirmaydi, balki u xushxabar haqidagi yolg‘onlarni keng tarqatadi. […]

Xushxabar aytish uchun nimalar haqida gapirishim kerak?

07.17.2018

Xushxabar aytish uchun siz birovga quyidagilar haqidagi haqiqatni yetkazishingiz kerak: Xudo. Xudo barcha narsaning yaratuvchisidir (Ibt. 1:1). U mukammal darajada muqaddas, barcha olqishlarga loyiq va U gunohni jazolaydi (1-Yuh. 1:5, Vah. 4:11, Rim. 2:5-8). Inson. Hamma odamlar tabiatan gunohkordirlar (Ibt. 1:26-28, Zab. 50:7, Rim. 3:23). Tabiatan, hamma odamlar Xudodan ajralgan, Xudoga dushman va Xudoning qahr-g‘azabiga […]

Qay tarzda ekspozitsion va’z xushxabarga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin?

02.17.2018

Buning o‘zi xushxabarga yo‘naltirilgan. Xudoning Kalomi gunohkorlarni imonga keltiradi (Rim. 10:17; 1-But 1:23). Har hafta Xudo Kalomini sadoqat bilan va’z qilish ruhan o‘lik gunohkorlarga ruhiy hayotning yagona manbasi, ya’ni Xudoning Kalomini ochib beradi. Shuning uchun, ekspozitsion va’z mohiyatan xushxabarga yo‘nalgan. Har bir va’zda xushxabarni va’z qiling. Muqaddas Kitobdagi har bir matn, to‘g‘ri tushunilsa, Iso Masihning shaxsi va najotkorlik […]

Cho‘pon qanday qilib jamoatning umumiy xushxabarchilik guvohligini rivojlantira oladi?

01.17.2018

Ekspozitsion (izohli) va’z ayting.Odamlaringiz har hafta Xudoning so‘zini eshitgani sari, ular Uning ulug‘vorligini dunyoga namoyon etib borishadi. Haftadan haftaga ularning hayotlari o‘z najotkorlari – Iso Masihning odamlar diqqat markazidagi surati bo‘lib boradi. Har hafta xushxabarni va’z qiling. Odamlaringiz har hafta xushxabarni tinglar ekan, ular uni qadrlashda, tushunishda o‘sadilar va uni boshqalar bilan bo‘lishish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Va’zlaringizda […]

Xushxabar aytishning “eng yaxshi” yo‘li bormi?

12.02.2017

Xushxabar aytishning yagona “eng yaxshi” yo‘li birovga butun injil xabarini aytish va uni Masihga imon keltirishga chaqirishdir. Bu avval munosabat qurishni bildirishi yoki bildirmasligi mumkin. Bu oilangiz a’zosiga xat yozish yoki do‘stingiz bilan kofe ustida xushxabarni bo‘lishishni bildirishi mumkin. Bu jamoatda va’z aytish, yoki uyingizda xushxabarchilikka yo‘naltirilgan Kalom o‘rganishga mezbonlik qilish, yoki xushxabarni bo‘lishish uchun […]

  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2