Масиҳга Имон Келтириш

Odamlaringizga najotga erishganlari to’g’risida noto’g’ri aminlik hissini berishning oltita yo’li

Томонидан Mayk Makkinli

Mike is an author and the pastor of Sterling Park Baptist Church in Sterling, Virginia.
Мақолалар
02.29.2012

Cho’pon sifatida, o’zlarining yuqoridan tug’ilganliklariga amin bo’lmagan juda ko’p odamlar bilan aloqa qilaman. Ularning nazarida, o’z gunohlari ularga qattiq yopishib olgan va yiqilishlar doim ularning ko’zi oldida. Ko’pincha, men bu birodarlar va opa-singillarni dalda va qo’llab-quvvatlanishga muhtoj odamlar sifatida ko’raman.

Lekin, ko’pgina jamoatlarda boshqa turdagi odamlar bor va bu odamni xavotirga soladi. Ular osmondan tug’ilganliklariga aminlar, lekin bu aminlik hech qanday asosga ega emas. Balki, siz bunday turdagi insonlarni uchratgandirsiz. Ular kerakli so’zlarni bilishadi. Omma oldida ko’rinadigan gunohlardan xoli va ular yuqori axloqqa ega odamlardir. Lekin, ularda haqiqiy hosil yo’q, Xudoning inson hayotiga o’zgarishlar olib keladigan Ruhi ularning ichida ishlayotganligi haqida hech qanday isbot yo’q. Va ko’pincha, ularda yashirin gunohning qo’l tegilmagan sohasi bor.

CHOPONLAR NAJOTGA ERISHISHNING YOLGON AMINLIK HISSINI OLTI USULDA EKADILAR

Bu odamlarni imonga keltirish juda qiyin – xuddiki ular xushxabarga qarshi emlanganlar. Ular o’zlariga kerak bo’lgan narsa allaqachon ularda bor, deb o’ylashadi, shunday ekan, ular yana qandaydir boshqa narsani izlamaydilar! Agar ularda bironta yashirin gunoh bo’lsa, ular bu gunoh bilan uzoq vaqt davomida ko’nikib qolishgan.

Afsuski, oramizda bunday odamlarning borligiga, qaysidir darajada jamoatlarimiz ham aybdor. Biz cho’ponlar bu kabi odamlarga noto’g’ri aminlik berishga o’zimiz bilmagan holda sababchi bo’lib qolishimizning oltita usullarini siz bilan bo’lishamiz.

1. Odamlarning ozlari xushxabarni tushunib olishadi, deb hisoblash

Jamoatimizdagi odamlar xushxabarni tushunishadi va unga ishonishadi, deya xulosa qilish juda oson. Ular yakshanba kunlari jamoatga kelishadi-ku, axir. Lekin, aslida, ko’pgina jamoatlar injil xushxabari shundoq ham hammaga ma’lum va uning jamoat tomonidan tushunilishi o’z-o’zidan sodir bo’ladigan narsa, deb bilishadi. Natijada, jamoatlarimiz xushxabarning faqat ba’zi jihatlarini tushunadigan (masalan, qanday qilib yaxshi er bo’lish; jahlni qanday tiyish kabilar) va axloqiy qoidalarga amal qilib yashaydigan, lekin xushxabarning tubdan o’zgartiradigan ta’sirini o’z hayotlarida sezmaydigan odamlar bilan to’lib toshgan.

Bu ruhiy jihatdan o’ta xavfli, chunki yuqori axloqiy mezolarga rioya qilib yashash shaxsning xushxabarga nisbatan ishonchini bildirishi mumkin, lekin bu, shu bilan birga, ularni o’z nazarlarida solih qilib ko’rsatishi va ularning farziyliklaridan dalolat berishi ham mumkin. Bizni oqlaydigan imon hech qachon yolg’iz kelmaydi va xayrli ishlar har doim haqiqiy imonga hamroh bo’ladi. Buni inobatga olish o’rinli. Lekin, biz bundan oldin faqat imon bilan oqlanishimizga urg’u berishimiz kerak va buni qayta va qayta ta’kidlashimiz kerak, aks holda, sizga ko’rinadigan xayrli ishlar najot beruvchi oqlanishning hosili bo’lmaydi. Xushxabar aniq tushuntirilmaganda, jannatga olib boradigan yo’l va do’zaxga olib boradigan katta yo’l va’zxon tomonidan aniq izohlanmaganda, odamlarning axloqiy mezonlarga rioya qilishlari yoki jamoatga doimiy qatnashlari najotga erishishga aminlik beradi, deb hisoblashlariga olib keladi.

Qisqa qilib aytganda, axloqiylikni va’z qilmang. Hech qachon. Har hafta xushxabarni va’z qiling. Keyin esa, xushxabar va’dalarini aniq tushuntirganingizdan so’ng, amal qilinishi kerak bo’lgan buyruqlarni va’z qiling.

2. Jamoatga Gunoh Borasida Yuzaki Tushuncha Berish

Muqaddas Kitob bizga o’rgatadiki, gunoh – bu, shunchaki, biz qiladigan qandaydir bir ish emas, u bizning yiqilgan holatimizda kimligimizni ko’rsatadi. Kalom bo’yicha biz hammamiz ruhan o’lganmiz (Efes. 2:1-2), gunohning qullarimiz (Yuhanno 8:34), butun qonunni buzishda aybdormiz (Yoqub 2:10) va Xudoning adolatli qahriga uchrashga loyiqmiz (Rim. 1:18). Biz boshdan oyoq gunohkormiz.

Asoslanmagan ishonchga ega odamlar ko’pincha gunohi noto’g’ri tushunishadi. Agar gunoh, shunchaki, tashqi va ko’rish mumkin bo’lgan xulq bo’lsa, unda odamlar bir oz harakat va intizom bilan o’zlarining gunoh muammolarini hal qilib olishlari mumkin. Ammo biz ularni Muqaddas Kitobda yozilganiga ko’ra, gunoh bilan doimiy ravishda kurashishga undasak, ular tashqaridan (“o’zidan boshqa” joydan) keladigan yangidan tug’ilish va qutqarilishga bo’lgan muhtojlikni ko’rishga majbur bo’lishadi.

3. Jamoat Azoligi va Intizomiga Etiborsizlik bilan Yondashish

Mahalliy jamoatdagi a’zolik haqiqiy imonlilarga najotga erishish ishonchini berishni anglatadi. Bu biror shaxsning o’zini masihiy deb e’tirof etishiga javoban umumiy ma’qullash muhridir. Jamoat kimningdir imon e’tirofini va yashash tarzini tekshirgandan keyin uni cho’mdirganda va Qutlug’ Kechlikka uni qabul qilganda, u (jamoat) aslida shunday deyayotgan bo’ladi: “Biz ko’rib bilganimziga tayanib va Masih tomonidan bizga berilgan hokimiyat va donolik bilan aytishimiz mumkinki, sen bizlardan birimizsan.” Tanganing boshqa tomoniga qaraganda, jamoat kim bilandir aloqani uzganda, ular umumiy ma’qullash muhrini qaytarib olayotgan bo’lishadi. Jamoat o’sha odamga uning hatti-harakatlari o’zining imon e’tirofi ishonchliliga shubha uyg’otgani va uning najotga egaligiga nisbatan jamoatning aminligi asosiga darz keltirganini aytayotgan bo’ladi.

Lekin, jamoat a’zo sifatida kimlarni qabul qilishni yaxshi bilmasa, u jamoatga qatnamayotganlarga o’z a’zoligini saqlab qolishlariga yo’l qo’yib bersa, u najot haqida noto’g’ri tasavvur uyg’otishga ko’maklashayotgan bo’ladi. Jamoatga a’zolikni tasdiqlash masalasiga jiddiy yondashmaslik najot haqida noto’g’ri tasavvurga sabab bo’lib, buning oqibatida qanchadan-qancha odamlar do’zaxga bormoqdalar!

4. Ular Oz Aminliklarini Otmishdagi Qandaydir Amalga Asoslashga Orgatish

Allaqachon yuqorida ta’kidlaganimizdek, xushxabar bizdan javobni talab etadi. Ba’zi jamoatlar va xushxabarchilik dasturlari ba’zan odamlarga o’zlarining hozirgina yuzaga kelgan Masihga bo’lgan bag’ishlanishlarini ifodalash uchun ularga qandaydir metodlar taklif etish juda foydali deb bilishadi. Ba’zilar odamlarga “Gunohkorning Ibodati”ni aytish imkonini berishadi. Boshqalar yakshanba kuni jamoat sahnasiga chiqishni yoki yangi imonga kelganlarning anketasini to’ldirishni taklif etishadi. Mana shunday amallar shaxsning imonga kelishi bo’yicha Muqaddas Ruh amalga oshiradigan ishiga haqiqiy javob bo’lishi mumkin.

Lekin, ular aldamchi bo’lishi ham mumkin. “Gunohkor ibodati”ni aytib, sahnaga chiqib va yangi imonga kelganlar anketasini to’ldirgan keyin ham, o’z gunohlarida qolishi mumkin. Demak, agar biz odamlarni o’tmishda amalga oshirgan qandaydir ko’zga ko’rinadigan, yuqoridan tug’ilmasdan ham amalga oshirsa bo’ladigan hatti-harakatlarga asoslangan aminlikka ega bo’lishlariga undasak, biz ularni juda katta ruhiy xavf ostiga qo’ygan bo’lamiz. Atrofda bir paytlar bolaliklarida bitta ibodatni aytganlari uchun jannatga borishiga amin bo’lgan qanchadan-qancha yo’qotilgan odamlar yuribdi?

5. Odamlaringizga Oqlanish va Muqqaddaslanish Ortasidagi Bogliqlikni Korsatmaslik

Yaxshi niyat bilan Xudoning tekin inoyatini oshirib ko’rsatishga urinib, najotga erishish jarayonning butun manzarasini tasvirlamasdan, faqatgina Masihga keltirilgan imon bilan oqlanish haqidagi haqiqatni va’z qilish mumkin. Lekin, Muqaddas Kitob shuni o’rgatadiki, Masihning gunohkorni oqlash ishi, yuqorida aytganimdek (birgina misol uchun Rimliklarga 6:1-14 mantiqiga e’tibor bering) har doim imonlilar hayotida o’zi bilan birga solihlik mevasini olib keladi.

Oqlanish va muqaddaslanish o’rtasidagi bog’liqlikning uzilishi imonlilar uchun juda katta xavf. Bu muqaddaslikning va Xudoni Uning amrlariga itoat etish orqali Uni sevish niyatining zarurligi haqidagi aniq tushunchani buzadi. Lekin, yolg’on aminlikka ega bo’lganlar uchun bu ikki barobar xavfli, chunki, bunday tushuncha ularni Xudoga nisbatan ochiq norozilikda yashab va o’z nazarida hali ham solih bo’lish mumkin, deb o’ylashga undaydi.

6. Ularni Muqaddas Kitobdagi Ogohlantirishlarga E’tibor Bermaslikka Orgatish

Muqaddas Kitobda o’z gunohidan voz kechmagan va/yoki imondan qaytganlar uchun jiddiy ogohlantirishlar juda ko’p (masalan, Matt. 5:27-30; Ibroniylarga 6:1-6). Xudoning O’z xalqi uchun mutlaq g’amxo’rligi haqida tushunarli qilib o’rgatishga uringanimizda bu ogohlantirishlar imonlilarga tegishli emasdek ta’surot qoldirish orqali ularning kuchini pasaytirishimiz/yo’qotishimiz mumkin.

Lekin, Muqaddas Kitobdagi bu ogohlantirishlarning o’z maqsadi bor. Ular haqqoniy va ular Xudoning O’z xalqini imondan ketib qolishdan saqlash yo’llaridan biridir. Dono cho’pon gunohning va imondan qaytishning jiddiyligi haqida gapiradi va o’z tinglovchilarini imon yo’lida kurashishga chorlaydi.

Mayk Makkinli

Одамларингизга нажотга эришганлари тўғрисида нотўғри аминлик ҳиссини беришнинг олтита йўли

Чўпон сифатида, ўзларининг юқоридан туғилганликларига амин бўлмаган жуда кўп одамлар билан алоқа қиламан. Уларнинг назарида, ўз гуноҳлари уларга қаттиқ ёпишиб олган ва йиқилишлар доим уларнинг кўзи олдида. Кўпинча, мен бу биродарлар ва опа-сингилларни далда ва қўллаб-қувватланишга муҳтож одамлар сифатида кўра.

Лекин, кўпгина жамоатларда бошқа турдаги одамлар бор ва бу одамни хавотирга солади. Улар осмондан туғилганликларига аминлар, лекин бу аминлик ҳеч қандай асосга эга эмас. Балки, сиз бундай турдаги инсонларни учратгандирсиз. Улар керакли сўзларни билишади. Омма олдида кўринадиган гуноҳлардан холи ва улар юқори ахлоққа эга одамлардир. Лекин, уларда ҳақиқий ҳосил йўқ, Худонинг инсон ҳаётига ўзгаришлар олиб келадиган Руҳи уларнинг ичида ишлаётганлиги ҳақида ҳеч қандай исбот йўқ. Ва кўпинча, уларда яширин гуноҳнинг қўл тегилмаган соҳаси бор.

ЧЎПОНЛАР НАЖОТГА ЭРИШИШНИНГ ЁЛҒОН АМИНЛИК ҲИССИНИ ОЛТИ УСУЛДА ЭКАДИЛАР

Бу одамларни имонга келтириш жуда қийин – худдики улар хушхабарга қарши эмланганлар. Улар ўзларига керак бўлган нарса аллақачон уларда бор, деб ўйлашади, шундай экан, улар яна қандайдир бошқа нарсани изламайдилар! Агар уларда биронта яширин гуноҳ бўлса, улар бу гуноҳ билан узоқ вақт давомида кўникиб қолишган.

Афсуски, орамизда бундай одамларнинг борлигига, қайсидир даражада жамоатларимиз ҳам айбдор. Биз чўпонлар бу каби одамларга нотўғри аминлик беришга ўзимиз билмаган ҳолда сабабчи бўлиб қолишимизнинг олтита усулларини сиз билан бўлишамиз.

1. Одамларнинг ўзлари хушхабарни тушуниб олишади, деб ҳисоблаш

Жамоатимиздаги одамлар хушхабарни тушунишади ва унга ишонишади, дея хулоса қилиш жуда осон. Улар якшанба кунлари жамоатга келишади-ку, ахир. Лекин, аслида, кўпгина жамоатлар инжил хушхабари шундоқ ҳам ҳаммага маълум ва унинг жамоат томонидан тушунилиши ўз-ўзидан содир бўладиган нарса, деб билишади. Натижада, жамоатларимиз хушхабарнинг фақат баъзи жиҳатларини тушунадиган (масалан, қандай қилиб яхши эр бўлиш; жаҳлни қандай тийиш кабилар) ва ахлоқий қоидаларга амал қилиб яшайдиган, лекин хушхабарнинг тубдан ўзгартирадиган таъсирини ўз ҳаётларида сезмайдиган одамлар билан тўлиб тошган.

Бу руҳий жиҳатдан ўта хавфли, чунки юқори ахлоқий мезоларга риоя қилиб яшаш шахснинг хушхабарга нисбатан ишончини билдириши мумкин, лекин бу, шу билан бирга, уларни ўз назарларида солиҳ қилиб кўрсатиши ва уларнинг фарзийликларидан далолат бериши ҳам мумкин. Бизни оқлайдиган имон ҳеч қачон ёлғиз келмайди ва хайрли ишлар ҳар доим ҳақиқий имонга ҳамроҳ бўлади. Буни инобатга олиш ўринли. Лекин, биз бундан олдин фақат имон билан оқланишимизга урғу беришимиз керак ва буни қайта ва қайта таъкидлашимиз керак, акс ҳолда, сизга кўринадиган хайрли ишлар нажот берувчи оқланишнинг ҳосили бўлмайди. Хушхабар аниқ тушунтирилмаганда, жаннатга олиб борадиган йўл ва дўзахга олиб борадиган катта йўл ваъзхон томонидан аниқ изоҳланмаганда, одамларнинг ахлоқий мезонларга риоя қилишлари ёки жамоатга доимий қатнашлари нажотга эришишга аминлик беради, деб ҳисоблашларига олиб келади.

Қисқа қилиб айтганда, ахлоқийликни ваъз қилманг. Ҳеч қачон. Ҳар ҳафта хушхабарни ваъз қилинг. Кейин эса, хушхабар ваъдаларини аниқ тушунтирганингиздан сўнг, амал қилиниши керак бўлган буйруқларни ваъз қилинг.

2. Жамоатга Гуноҳ Борасида Юзаки Тушунча Бериш

Муқаддас Китоб бизга ўргатадики, гуноҳ – бу, шунчаки, биз қиладиган қандайдир бир иш эмас, у бизнинг йиқилган ҳолатимизда кимлигимизни кўрсатади. Калом бўйича биз ҳаммамиз руҳан ўлганмиз (Эфес. 2:1-2), гуноҳнинг қулларимиз (Юҳанно 8:34), бутун қонунни бузишда айбдормиз (Ёқуб 2:10) ва Худонинг адолатли қаҳрига учрашга лойиқмиз (Рим. 1:18). Биз бошдан оёқ гуноҳкормиз.

Асосланмаган ишончга эга одамлар кўпинча гуноҳи нотўғри тушунишади. Агар гуноҳ, шунчаки, ташқи ва кўриш мумкин бўлган хулқ бўлса, унда одамлар бир оз ҳаракат ва интизом билан ўзларининг гуноҳ муаммоларини ҳал қилиб олишлари мумкин. Аммо биз уларни Муқаддас Китобда ёзилганига кўра, гуноҳ билан доимий равишда курашишга ундасак, улар ташқаридан (“ўзидан бошқа” жойдан) келадиган янгидан туғилиш ва қутқарилишга бўлган муҳтожликни кўришга мажбур бўлишади.

3. Жамоат Аъзолиги ва Интизомига Эътиборсизлик билан Ёндашиш

Маҳаллий жамоатдаги аъзолик ҳақиқий имонлиларга нажотга эришиш ишончини беришни англатади. Бу бирор шахснинг ўзини масиҳий деб эътироф этишига жавобан умумий маъқуллаш муҳридир. Жамоат кимнингдир имон эътирофини ва яшаш тарзини текширгандан кейин уни чўмдирганда ва Қутлуғ Кечликка уни қабул қилганда, у (жамоат) аслида шундай деяётган бўлади: “Биз кўриб билганимзига таяниб ва Масиҳ томонидан бизга берилган ҳокимият ва донолик билан айтишимиз мумкинки, сен бизлардан биримизсан.” Танганинг бошқа томонига қараганда, жамоат ким биландир алоқани узганда, улар умумий маъқуллаш муҳрини қайтариб олаётган бўлишади. Жамоат ўша одамга унинг ҳатти-ҳаракатлари ўзининг имон эътирофи ишончлилига шубҳа уйғотгани ва унинг нажотга эгалигига нисбатан жамоатнинг аминлиги асосига дарз келтирганини айтаётган бўлади.

Лекин, жамоат аъзо сифатида кимларни қабул қилишни яхши билмаса, у жамоатга қатнамаётганларга ўз аъзолигини сақлаб қолишларига йўл қўйиб берса, у нажот ҳақида нотўғри тасаввур уйғотишга кўмаклашаётган бўлади. Жамоатга аъзоликни тасдиқлаш масаласига жиддий ёндашмаслик нажот ҳақида нотўғри тасаввурга сабаб бўлиб, бунинг оқибатида қанчадан-қанча одамлар дўзахга бормоқдалар!

4. Улар Ўз Аминликларини Ўтмишдаги Қандайдир Амалга Асослашга Ўргатиш

Аллақачон юқорида таъкидлаганимиздек, хушхабар биздан жавобни талаб этади. Баъзи жамоатлар ва хушхабарчилик дастурлари баъзан одамларга ўзларининг ҳозиргина юзага келган Масиҳга бўлган бағишланишларини ифодалаш учун уларга қандайдир методлар таклиф этиш жуда фойдали деб билишади. Баъзилар одамларга “Гуноҳкорнинг Ибодати”ни айтиш имконини беришади. Бошқалар якшанба куни жамоат саҳнасига чиқишни ёки янги имонга келганларнинг анкетасини тўлдиришни таклиф этишади. Мана шундай амаллар шахснинг имонга келиши бўйича Муқаддас Руҳ амалга оширадиган ишига ҳақиқий жавоб бўлиши мумкин.

Лекин, улар алдамчи бўлиши ҳам мумкин. “Гуноҳкор ибодати”ни айтиб, саҳнага чиқиб ва янги имонга келганлар анкетасини тўлдирган кейин ҳам, ўз гуноҳларида қолиши мумкин. Демак, агар биз одамларни ўтмишда амалга оширган қандайдир кўзга кўринадиган, юқоридан туғилмасдан ҳам амалга оширса бўладиган ҳатти-ҳаракатларга асосланган аминликка эга бўлишларига ундасак, биз уларни жуда катта руҳий хавф остига қўйган бўламиз. Атрофда бир пайтлар болаликларида битта ибодатни айтганлари учун жаннатга боришига амин бўлган қанчадан-қанча йўқотилган одамлар юрибди?

5. Одамларингизга Оқланиш ва Муққаддасланиш Ўртасидаги Боғлиқликни Кўрсатмаслик

Яхши ният билан Худонинг текин иноятини ошириб кўрсатишга уриниб, нажотга эришиш жараённинг бутун манзарасини тасвирламасдан, фақатгина Масиҳга келтирилган имон билан оқланиш ҳақидаги ҳақиқатни ваъз қилиш мумкин. Лекин, Муқаддас Китоб шуни ўргатадики, Масиҳнинг гуноҳкорни оқлаш иши, юқорида айтганимдек (биргина мисол учун Римликларга 6:1-14 мантиқига эътибор беринг) ҳар доим имонлилар ҳаётида ўзи билан бирга солиҳлик мевасини олиб келади.

Оқланиш ва муқаддасланиш ўртасидаги боғлиқликнинг узилиши имонлилар учун жуда катта хавф. Бу муқаддасликнинг ва Худони Унинг амрларига итоат этиш орқали Уни севиш ниятининг зарурлиги ҳақидаги аниқ тушунчани бузади. Лекин, ёлғон аминликка эга бўлганлар учун бу икки баробар хавфли, чунки, бундай тушунча уларни Худога нисбатан очиқ норозиликда яшаб ва ўз назарида ҳали ҳам солиҳ бўлиш мумкин, деб ўйлашга ундайди.

6. Уларни Муқаддас Китобдаги Огоҳлантиришларга Эътибор Бермасликка Ўргатиш

Муқаддас Китобда ўз гуноҳидан воз кечмаган ва/ёки имондан қайтганлар учун жиддий огоҳлантиришлар жуда кўп (масалан, Матт. 5:27-30, Ибронийларга 6:1-6). Худонинг Ўз халқи учун мутлақ ғамхўрлиги ҳақида тушунарли қилиб ўргатишга уринганимизда бу огоҳлантиришлар имонлиларга тегишли эмасдек таъсурот қолдириш орқали уларнинг кучини пасайтиришимиз/йўқотишимиз мумкин.

Лекин, Муқаддас Китобдаги бу огоҳлантиришларнинг ўз мақсади бор. Улар ҳаққоний ва улар Худонинг Ўз халқини имондан кетиб қолишдан сақлаш йўлларидан биридир. Доно чўпон гуноҳнинг ва имондан қайтишнинг жиддийлиги ҳақида гапиради ва ўз тингловчиларини имон йўлида курашишга чорлайди.

Майк Маккинли