Экспозицион Ваъз

Hozirgi hayotga qo‘llamadingmi? Demak, sen va’z qilganing yo‘q

Томонидан Maykl Lovrens

Michael Lawrence is the senior pastor of Hinson Baptist Church in Portland, Oregon. You can find him on Twitter at @pdxtml.
Мақолалар
06.18.2015

Sinfxonada o‘tirib, mavzuning g‘oyasi nimadan iborat ekan, deb hech hayron qolganmisiz?  Men bunday his bilan, ayniqsa, kollejdagi hisob darsida kurashganimni eslayman. Bu kurs xuddiki, tamoyillarning qo‘llanishi o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lganday o‘qitilar edi. Ehtimol bu sinfdagi matematika jinnilari uchun atalgandir. Lekin, ixtisosligi ingliz adabiyoti bo‘lgan mendek talabaga bu doimiy, muvaffaqiyatsiz, sof abstrakt fikrlash mashqi edi. Haqiqiy dunyoga qanday qilib qo‘llanishi mumkinligini tushunolmasdan, narsalarning qiymatini nima uchun bilishim kerakligini anglashga qattiq intilganman, lekin bu cheksizlikni hech fahmlab yetolmaganman.

Agar siz matematika dahosi bo‘lgan bo‘lsangiz, sizdan Shekspirning sonnetlari ma’nosini tushuntirib berishni so‘rashganda o‘zingizni qanday his qilganingizni bir eslab ko‘ring.

TUSHUNTIRISH – BU QO‘LLASH EMAS

Men yomon xotiralarni eslamoqchi emasman. Lekin, biz va’zxonlardan ba’zi birlarimiz jamoatimiz a’zolarini har yakshanba kuni xuddi hisob fanida yoki yozuvchilikda tajribasi yo‘q talabanikiga o‘xshash ruhiy vaziyatga qo‘ymayapmizmi, degan savol meni qiynamoqda. Ko‘pgina sohalardagi ko‘pchilik o‘qituvchilar singari o‘z fanimizga ishtiyoqmandmiz va juda yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz. Biz Yunon va Ibroniy tillaridagi fe’l zamonlari hamda qadimiy Yaqin Sharqning tarixiy va madaniy kelib chiqishi haqidagi savollarga javob bera olamiz. Odamlar javob berish uchun biror so‘zni aytishni aniqlab olishlaridan oldin ularni bekor qila olamiz. Tajribali tarjimonlar nima uchun tarjima qilishda xatolikka yo‘l qo‘yganlarini va tinglovchilarimiz buning o‘rniga nima uchun bizning variantimizni qabul qilishlari kerakligini tushuntirishga yaxshi tayyorlanganmiz.

Jon-jahdimiz bilan va’z aytishimiz u buyuk ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi, shunga qaramay, va’zimiz bilimlar va tushunchalarga boy bo‘lsada, jamoatimiz bu va’z bilan endi nima qilishi kerakligini uncha tushunmagan holda qolmoqda. Ular buning muhimligini bilishadi – chunki, u Xudoning so‘zidir. Bundan ham ko‘prog‘i bu Xudoning ular uchun atagan so‘zi deb taxmin qilishadi. Lekin, uni shunchaki  tushuntirib, biz ularga shunday deymiz: “Bu sizga. Buni qanday qilib hayotga qo‘llashni o‘zingiz aniqlashtirishingizga to‘g‘ri keladi.”  Yoki bundan ham yomonrog‘i, uni qanday qo‘llashni bilmaganliklari uchun biz odamlarni chalkash fikrlar holatida qoldirib, o‘zlarini ruhan kuchli emas deb hisoblashlariga sabab bo‘lamiz, lekin bu o‘zimizga o‘z-o‘zidan ma’lumdek ko‘rinadi.

Biz va’zxonlar sifatida matnni jamoatimizga tushuntirib berishimizning o‘zi kifoya emas. Agar biz yaxshi cho‘pon bo‘lmoqchi bo‘lsak, biz matnni ularning bugungi kundagi hayotlariga qo‘llashimiz (moslashtirishimiz) kerak.

Nima uchun biz, odatda, bunday qilmaymiz? Buning bir nechta sabablari bor deb o‘ylayman.

Birinchidan, matnni hayotga qo‘llash ancha mehnat talab etadi. Inson yuragi va holatining murakkabligi haqida fikr yuritishdan ko‘ra, grammatika va kontekstni tahlil qilish bolalar o‘yinidek oson.

Ikkinchidan, matnni hayotga qo‘llash subyektiv fikrga asoslanadi. Gapni qachon to’g‘ri tuzganimni yoki fe’lni qachon to‘g‘ri tuslaganimni bilaman. Lekin, matnni hayotga qo‘llashni to‘g‘ri bajarganimni qanday bilishim mumkin?

Uchinchidan, matnni hayotga qo‘llash murakkab vazifadir. Matnning bitta asosiy g‘oyasi bo‘ladi. Lekin, ko‘pgina moshlashtirishlar bo‘ladi, ehtimol, tinglovchilar qancha bo‘lsa – shuncha. Shuncha ko‘p tanlovlardan qaysi birini tanlash odamni esankiratib qo‘yadi.

To‘rtinchidan, matnni hayotga qo‘llash shaxsiy masaladir. Matnni jamoatimga qanday qo‘llash haqida o‘ylashni boshlaganim zahoti, o‘sha matnni o‘zimda qanday qo‘llash mumkinligi haqida o‘ylashdan o‘zimni tiyolmayman. Ba’zan esa, men uning ustida ishlash o‘rniga, shunchaki, uni tushuntirib beraman.

Bu sabablarning barchasi tanamizga va biz yaxshi tushunmaydigan narsalar ustida qattiq ishlashdan o‘zimizni chetga olish yoki hukm qilinishdan o‘zimizni chetga olish xohishimizga borib taqaladi. Bu bahonalarga bizning javobimiz shunchaki tavba qilishdir.

QO‘LLASH – BIRON BIR FIKRGA AMIN BO‘LISH EMAS

Lekin, ba’zi-birlarimiz va’zlarimizda matnni hayotga qo‘llashni e’tibordan chetda qoldirishimizning beshinchi sababi ham bor. Bu ko‘proq teologik sababdir. Biz matnni hayotga qo‘llash boshqa odamning ishi va bizning ishimiz emasligiga aminmiz. Matnni insonning yuragiga, oxir-oqibatda, Muqaddas Ruh qo‘llashi kerak emasmi? Agar men uni qo‘llasam, lekin u mos kelmasa, odamlar o‘zlarini qiyinchilikdan qutulgandek his qilib, hech nima qilmay qo‘yishlariga sababchi bo‘lmaymanmi? Lekin, agar men haqiqatni ma’lum qilsam va yo‘lni bo‘shatsam, o‘shandagina Muqaddas Ruhning O‘zi O‘z ishini amalga oshiradi. U, har holda, O‘z ishini men qila olganimdan ancha yaxshiroq bajaradi.

Shu nuqtai nazarni ma’lum qilgan zamonaviy, ancha hurmatga sazovor va’zxonlarning bir nechtasini bilaman. Lekin, ularga tegishli hurmatni e’tirof etgan holda, o‘ylaymanki, bu fikr Kalomga ham mos emas, teologik jihatdan ham chalkashdir. Chalkashlik – bu aminlikning (ya’ni, xayolda biron bir fikrga amin bo‘lish) matnni hayotga qo‘llanishi o‘rnini egallashi xatosidir. Gunoh, solihlik va hukm haqida aminliklar berish Muqaddas Ruhning ishidir (Yuhanno 16:8). Muqaddas Ruhdan boshqa hech kim haqiqiy aminlikka ega emas, bu ishni Uning o‘rnida qilishga uringanimizda, biz qonun harfiga berilishimiz muqarrar. Nima uchun? Chunki, biron bir fikrga amin bo‘lish yurak masalasidir. Inson nimadir haqiqat ekanligigagina emas, balki, Xudoga o‘sha haqiqat uchun hisobdor ekanligiga va u bo‘yicha harakatlanishi kerakligiga ham amin bo‘ladi.

Qo‘llash aminlikdan boshqacharoqdir. Uning maqsadi yurak bo‘lsada, u tushunishni ko‘zlaydi. Agar egzegetika matnning asl kontekstini tushunishni talab etsa, qo‘llash tinglangan matnning zamonaviy kontekstini tadqiq etish haqidadir. Bu hayot kategoriyalari, axloqlar va ularning qaysi birida Masihning aynan shu so‘zi chuqur o‘rnashib, yashnashi kerakligini aniqlash haqidadir (Kol 3:16). Biz o‘z filtrimiz orqali va o‘z tajribamizdan kelib chiqib eshitishga moyilmiz. Shuning uchun, cho‘pon Kalomni hayotga moslashtirish (qo‘llash) ustida ishlaganda, biz matnning ahamiyatini oldin bilmagan yoki tabiatan anglolmagan yo‘llar bilan anglashimizga imkon paydo bo‘ladi.

Misol uchun, men Yuhanno 3:16 ni eshitganim zahoti xushxabar aytishga da’vat etilganim haqida o‘ylayman. Bu mening oyatni tabiiy, deyarli refleksiv shaxsiy qo‘llash tarzimdir. Lekin, sinchkovlik bilan amalga oshirilgan gomiletik qo‘llash esa, Xudoning menga nisbatan bo‘lgan sevgisi, yoki Masihda abadiy hayotga ega ekanligim haqida chuqurroq o‘ylashimga sababchi bo‘lishi mumkin. Ushbu bitta oyatdan bir necha ehtimoliy qo‘llashlarga doir tushuncham kengayishi orqali Yuhanno 3:16 mening hayotimga chuqurroq o‘rnashib, yashnashni boshlaydi. Muqaddas Ruhning ishini tortib olishdan yiroq bo‘lgan holda, matnni yaxshi qo‘llash aminlik uchun imkoniyatlarni ko‘paytiradi.

MATNNI HAYOTGA QO‘LLAMASLIK KALOMGA MOS EMAS

Matnni hayotga qo‘llamaslik, shu bilan birga, shunchaki, Kalomga mos emas. Hayotga qo‘llash – bu Xudo Kalomi va’zxonlari va o‘qituvchilari Muqaddas Kitobning betlarida sinchikovlik bilan bajaradigan ishlaridir. Qonunlar 6:7 dan boshlab —bu joyda ota-onalarga “bularni (amrlarni) bolalaringizga o‘rgatinglar” deb aytilgan— Naximiyo 8:8gacha — bu joyda Ezra va Levilar Qonunlar Kitobini nafaqat o‘qib berishadi, shu bilan birga, “o‘qiganlarini tarjima qilib berardilar, Tavrotning mazmunini tushuntirar edilar, shuning uchun, xalq o‘qilganlarni tushundi”— Eski Ahdda Xudo xalqi Uning So‘zini nafaqat bilishlari, shu bilan birga, o‘z hayotlari uchun uning ahamiyatini ham tushunishlari haqida g‘amxo‘rlik qilingan.

Bu g‘amxo‘rlik Isoning va havoriylarning ta’lim berishida ham davom etadi. Luqo 8:21da, Iso “Xudoning so‘zini eshitib, unga amal qiluvchilar Mening onam va ukalarimdir” deya ularga o‘z munosabatini tasdiqlaydi va uning ta’limoti, Tog‘dagi Va’zdan boshlab, o‘sha so‘zni amalda qo‘llanishi bilan yo‘g‘rilgan edi. Havoriylarning maktublari amaliy qo‘llashlar bilan to‘lib toshgan va ular bunday g‘amxo‘rlik vazifasini oqsoqollarga topshirishgan va ular o‘z navbatida, amaliy xudojo‘ylikni o‘rgatishlari kerak bo‘lgan (1 Timo‘tiy 4) va xuddi shu ta’limotni “boshqalarga ham o‘rgatishga qobiliyati bor, ishonchli odamlarga” topshirishlari lozim bo‘lgan (1 Timo‘tiy 2:2).

Efesliklarga 4:12-13da bu juda aniq tasvirlangan. Jamoatga Masihning cho‘ponlik va o‘qituvchilik in’omlari maqsadi haqida bu oyatda shunday deyilgan: “Xudoning aziz xalqini xizmat qilishga tayyorlasinlar. Shunda Masihning tanasi, ya’ni jamoat imonda mahkam turadi”. Agar biz jamoat a’zolariga hech qachon ular qo‘llashlari uchun amaliy tarzda gapirmasak, qanday qilib biz jamoatning ichidagi va tashqarisidagi har xil xizmatlari uchun ularni qurollantira olamiz? Pavlus o‘zining maktublarida hayotga qo‘llamaslikdan yiroq bo‘lishimizni nazarda tutadi, bu esa, bizning doimiy maqsadimizdir.

BIR NECHA MISOLLAR

Shunday qilib, bu amalda qanday bo‘ladi? Keling, sizga bir necha misollar keltiraman. Birinchidan, 2-Shohlar 11-bob, ya’ni Dovudning Botsheva bilan zino qilishi va keyin o‘z hokimiyatidan foydalanib, uning erini o‘ldirishga fitna uyushtirishi va shu tariqa gunohini yopmoqchi bo‘lgani haqida fikr yuriting. O‘z-o‘zidan ma’lumki, jinsiy poklik va odam o‘ldirishga doir matnni hayotda qo‘llashlar matnning yuzasida turibdi. Lekin, jamoatingizdagi barcha odamlar uchun zinokorlik va odam o‘ldirish ularning hozirgi vasvasalari bo‘lmasa-chi? Bundaylar bir nechta topilishiga aminman. Ularga aytish uchun boshqa hech narsa yo‘qmi? Albatta bor.

Dovudning gunohiga qarab, ular gunohning umumiy xususiyati, uning aldovchi, vaziyatdan foydalanib qoluvchi va o‘sib boruvchi tabiatini ko‘rishlariga yordam berishingiz mumkin. Keyin ularga Isroilning shohi sifatida emas, onalar, buvilar, kollej, universitet talablari, ofis ishchilari, menejerlar va nafaqaxo‘rlar sifatida duch keladigan “vaziyat gunohlari” haqida o‘ylashlariga yordam bera olasiz. Siz matnni hayotga qo‘llashda, har tomonlama bo‘lishga intilayotganingiz yo‘q. Siz ularga parchaning mohiyatini yetkazib berishga va ularning o‘z hayotlari haqida onglaridagi g‘ildiraklarini yurgizib yuborishga harakat qilyapsiz..

Yoki Efesliklarga 6:1-4ni olaylik. Bu parcha ota-onalar va farzandlarning bir-birlariga nisbatan o‘zaro vazifalari haqidadir. Bu joyda juda ko‘p hayotga qo‘llashlarni ko‘rish mumkin. Lekin, jamoatingizdagi farzandi bo‘lmagan yoki uyda hozir farzandi qolmagan odamlar-chi? Ular buni, shunchaki, tinglashlari yoki atroflaridagi ota-onalarni ruhlantira olish maqsadida nimadir o‘rganishga umid qilishlari kerakmi? Boshlanishiga shunday. Lekin, bu Xudoning Kalomi ularga ham tegishlidir. To‘g‘ri ijro etiladigan va bo‘ysuniladigan hokimiyat tamoyillarining har birimizga dahli bor. O‘qituvchilar va talabalar, ish beruvchilar va ishchilar, oqsoqollar va jamoat – barchasi xudojo‘ylik hokimiyati ostida, shu bilan birga u orqali gullab-yashnash nimani bildirishi haqida o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalar bor. Vestminster Kattaroq Katexizisida (Westminster Larger Catechism) ta’kidlanishicha, “beshinchi amrda nafaqat tabiiy ota-onalarimiz, balki, yoshda va in’omda yuqoriroq turuvchi barcha odamlar; ayniqsa, Xudoning amri bo‘yicha ustimizdan hokimiyatga ega bo‘lganlar ham nazarda tutilgan” (124-Javob). Barchamiz qayerdadir hokimiyat ostidamiz va ko‘pchiligimiz qayerdadir hokimiyatni ijro etamiz. Matnni chuqurroq o‘ylab, keyin qo‘llash buni ayon qiladi.

BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI

Bularning barchasi shuni anglatidiki, hayotga qo‘llanilmagan va’z, menimcha, umuman va’z emas, balki Muqaddas Kitob bo‘yicha bir ma’ruzadir. Biz odamlar ma’ruzalarimizdan chiqib qanday ajoyib fikr bo‘ldi, deya hayratda qolib ketishlarini xohlamaymiz. Buning o‘rniga, kelinglar o‘zimizni matnni hayotga qo‘llashga bag‘ishlaylik, toki “Masihning tanasi, ya’ni jamoat imonda mustahkam tursin . . . Masihning kamoliga erishgan yetuk odamlar bo‘lsin.”

Maykl Lovrens

Ҳозирги ҳаётга қўлламадингми? Демак, сен ваъз қилганинг йўқ

Синфхонада ўтириб, мавзунинг ғояси нимадан иборат экан, деб ҳеч ҳайрон қолганмисиз? Мен бундай ҳис билан, айниқса, коллеждаги ҳисоб дарсида курашганимни эслайман. Бу курс худдики, тамойилларнинг қўлланиши ўз-ўзидан маълум бўлгандай ўқитилар эди. Эҳтимолб бу синфдаги математика жиннилари учун аталгандир. Лекин, ихтисослиги инглиз адабиёти бўлган мендек талабага бу доимий, муваффақиятсиз, соф абстракт фикрлаш машқи эди. Ҳақиқий дунёга қандай қилиб қўлланиши мумкинлигини тушунолмасдан, нарсаларнинг қийматини нима учун билишим кераклигини англашга қаттиқ интилганман, лекин бу чексизликни ҳеч фаҳмлаб етолмаганман.

Агар сиз математика даҳоси бўлган бўлсангиз, сиздан Шекспирнинг соннетлари маъносини тушунтириб беришни сўрашганда ўзингизни қандай ҳис қилганингизни бир эслаб кўринг.

ТУШУНТИРИШ – БУ ҚЎЛЛАШ ЭМАС

Мен ёмон хотираларни эсламоқчи эмасман. Лекин, биз ваъзхонлардан баъзи бирларимиз жамоатимиз аъзоларини ҳар якшанба куни худди ҳисоб фанида ёки ёзувчиликда тажрибаси йўқ талабаникига ўхшаш руҳий вазиятга қўймаяпмизми, деган савол мени қийнамоқда. Кўпгина соҳалардаги кўпчилик ўқитувчилар сингари ўз фанимизга иштиёқмандмиз ва жуда яхши тайёргарлик кўрамиз. Биз Юнон ва Иброний тилларидаги феъл замонлари ҳамда қадимий Яқин Шарқнинг тарихий ва маданий келиб чиқиши ҳақидаги саволларга жавоб бера оламиз. Одамлар жавоб бериш учун бирор сўзни айтишни аниқлаб олишларидан олдин уларни бекор қила оламиз. Тажрибали таржимонлар нима учун таржима қилишда хатоликка йўл қўйганларини ва тингловчиларимиз бунинг ўрнига нима учун бизнинг вариантимизни қабул қилишлари кераклигини тушунтиришга яхши тайёрланганмиз.

Жон-жаҳдимиз билан ваъз айтишимиз у буюк аҳамиятга эгалигини кўрсатади, шунга қарамай, ваъзимиз билимлар ва тушунчаларга бой бўлсада, жамоатимиз бу ваъз билан энди нима қилиши кераклигини унча тушунмаган ҳолда қолмоқда. Улар бунинг муҳимлигини билишади – чунки, у Худонинг сўзидир. Бундан ҳам кўпроғи бу Худонинг улар учун атаган сўзи деб тахмин қилишади. Лекин, уни шунчаки тушунтириб, биз уларга шундай деймиз: “Бу сизга. Буни қандай қилиб ҳаётга қўллашни ўзингиз аниқлаштиришингизга тўғри келади.” Ёки бундан ҳам ёмонроғи, уни қандай қўллашни билмаганликлари учун биз одамларни чалкаш фикрлар ҳолатида қолдириб, ўзларини руҳан кучли эмас деб ҳисоблашларига сабаб бўламиз, лекин бу ўзимизга ўз-ўзидан маълумдек кўринади.

Биз ваъзхонлар сифатида матнни жамоатимизга тушунтириб беришимизнинг ўзи кифоя эмас. Агар биз яхши чўпон бўлмоқчи бўлсак, биз матнни уларнинг бугунги кундаги ҳаётларига қўллашимиз (мослаштиришимиз) керак.

Нима учун биз, одатда, бундай қилмаймиз? Бунинг бир нечта сабаблари бор деб ўйлайман.

Биринчидан, матнни ҳаётга қўллаш анча меҳнат талаб этади. Инсон юраги ва ҳолатининг мураккаблиги ҳақида фикр юритишдан кўра, грамматика ва контекстни таҳлил қилиш болалар ўйинидек осон.

Иккинчидан, матнни ҳаётга қўллаш субектив фикрга асосланади. Гапни қачон тўғри тузганимни ёки феълни қачон тўғри туслаганимни биламан. Лекин, матнни ҳаётга қўллашни тўғри бажарганимни қандай билишим мумкин?

Учинчидан, матнни ҳаётга қўллаш мураккаб вазифадир. Матннинг битта асосий ғояси бўлади. Лекин, кўпгина мошлаштиришлар бўлади, эҳтимол, тингловчилар қанча бўлса – шунча. Шунча кўп танловлардан қайси бирини танлаш одамни эсанкиратиб қўяди.

Тўртинчидан, матнни ҳаётга қўллаш шахсий масаладир. Матнни жамоатимга қандай қўллаш ҳақида ўйлашни бошлаганим заҳоти, ўша матнни ўзимда қандай қўллаш мумкинлиги ҳақида ўйлашдан ўзимни тиёлмайман. Баъзан эса, мен унинг устида ишлаш ўрнига, шунчаки, уни тушунтириб бераман.

Бу сабабларнинг барчаси танамизга ва биз яхши тушунмайдиган нарсалар устида қаттиқ ишлашдан ўзимизни четга олиш ёки ҳукм қилинишдан ўзимизни четга олиш хоҳишимизга бориб тақалади. Бу баҳоналарга бизнинг жавобимиз шунчаки тавба қилишдир.

ҚЎЛЛАШ – БИРОН БИР ФИКРГА АМИН БЎЛИШ ЭМАС

Лекин, баъзи-бирларимиз ваъзларимизда матнни ҳаётга қўллашни эътибордан четда қолдиришимизнинг бешинчи сабаби ҳам бор. Бу кўпроқ теологик сабабдир. Биз матнни ҳаётга қўллаш бошқа одамнинг иши ва бизнинг ишимиз эмаслигига аминмиз. Матнни инсоннинг юрагига, охир-оқибатда, Муқаддас Руҳ қўллаши керак эмасми? Агар мен уни қўлласам, лекин у мос келмаса, одамлар ўзларини қийинчиликдан қутулгандек ҳис қилиб, ҳеч нима қилмай қўйишларига сабабчи бўлмайманми? Лекин, агар мен ҳақиқатни маълум қилсам ва йўлни бўшатсам, ўшандагина Муқаддас Руҳнинг Ўзи Ўз ишини амалга оширади. У, ҳар ҳолда, Ўз ишини мен қила олганимдан анча яхшироқ бажаради.

Шу нуқтаи назарни маълум қилган замонавий, анча ҳурматга сазовор ваъзхонларнинг бир нечтасини биламан. Лекин, уларга тегишли ҳурматни эътироф этган ҳолда, ўйлайманки, бу фикр Каломга ҳам мос эмас, теологик жиҳатдан ҳам чалкашдир. Чалкашлик – бу аминликнинг (яъни, хаёлда бирон бир фикрга амин бўлиш) матнни ҳаётга қўлланиши ўрнини эгаллаши хатосидир. Гуноҳ, солиҳлик ва ҳукм ҳақида аминликлар бериш Муқаддас Руҳнинг ишидир (Юҳанно 16:8). Муқаддас Руҳдан бошқа ҳеч ким ҳақиқий аминликка эга эмас, бу ишни Унинг ўрнида қилишга уринганимизда, биз қонун ҳарфига берилишимиз муқаррар. Нима учун? Чунки, бирон бир фикрга амин бўлиш юрак масаласидир. Инсон нимадир ҳақиқат эканлигигагина эмас, балки, Худога ўша ҳақиқат учун ҳисобдор эканлигига ва у бўйича ҳаракатланиши кераклигига ҳам амин бўлади.

Қўллаш аминликдан бошқачароқдир. Унинг мақсади юрак бўлсада, у тушунишни кўзлайди. Агар эгзегетика матннинг асл контекстини тушунишни талаб этса, қўллаш тингланган матннинг замонавий контекстини тадқиқ этиш ҳақидадир. Бу ҳаёт категориялари, ахлоқлар ва уларнинг қайси бирида Масиҳнинг айнан шу сўзи чуқур ўрнашиб, яшнаши кераклигини аниқлаш ҳақидадир (Кол 3:16). Биз ўз филтримиз орқали ва ўз тажрибамиздан келиб чиқиб эшитишга мойилмиз. Шунинг учун, чўпон Каломни ҳаётга мослаштириш (қўллаш) устида ишлаганда, биз матннинг аҳамиятини олдин билмаган ёки табиатан англолмаган йўллар билан англашимизга имкон пайдо бўлади.

Мисол учун, мен Юҳанно 3:16 ни эшитганим заҳоти хушхабар айтишга даъват этилганим ҳақида ўйлайман. Бу менинг оятни табиий, деярли рефлексив шахсий қўллаш тарзимдир. Лекин, синчковлик билан амалга оширилган гомилетик қўллаш эса, Худонинг менга нисбатан бўлган севгиси, ёки Масиҳда абадий ҳаётга эга эканлигим ҳақида чуқурроқ ўйлашимга сабабчи бўлиши мумкин. Ушбу битта оятдан бир неча эҳтимолий қўллашларга доир тушунчам кенгайиши орқали Юҳанно 3:16 менинг ҳаётимга чуқурроқ ўрнашиб, яшнашни бошлайди. Муқаддас Руҳнинг ишини тортиб олишдан йироқ бўлган ҳолда, матнни яхши қўллаш аминлик учун имкониятларни кўпайтиради.

МАТННИ ҲАЁТГА ҚЎЛЛАМАСЛИК КАЛОМГА МОС ЭМАС

Матнни ҳаётга қўлламаслик, шу билан бирга, шунчаки, Каломга мос эмас. Ҳаётга қўллаш – бу Худо Каломи ваъзхонлари ва ўқитувчилари Муқаддас Китобнинг бетларида синчиковлик билан бажарадиган ишларидир. Қонунлар 6:7 дан бошлаб —бу жойда ота-оналарга “буларни (амрларни) болаларингизга ўргатинглар” деб айтилган— Нахимиё 8:8гача — бу жойда Эзра ва Левилар Қонунлар Китобини нафақат ўқиб беришади, шу билан бирга, “ўқиганларини таржима қилиб берардилар, Тавротнинг мазмунини тушунтирар эдилар, шунинг учун, халқ ўқилганларни тушунди”— Эски Аҳдда Худо халқи Унинг Сўзини нафақат билишлари, шу билан бирга, ўз ҳаётлари учун унинг аҳамиятини ҳам тушунишлари ҳақида ғамхўрлик қилинган.

Бу ғамхўрлик Исонинг ва ҳаворийларнинг таълим беришида ҳам давом этади. Луқо 8:21да, Исо “Худонинг сўзини эшитиб, унга амал қилувчилар Менинг онам ва укаларимдир” дея уларга ўз муносабатини тасдиқлайди ва унинг таълимоти, Тоғдаги Ваъздан бошлаб, ўша сўзни амалда қўлланиши билан йўғрилган эди. Ҳаворийларнинг мактублари амалий қўллашлар билан тўлиб тошган ва улар бундай ғамхўрлик вазифасини оқсоқолларга топширишган ва улар ўз навбатида, амалий художўйликни ўргатишлари керак бўлган (1 Тимўтий 4) ва худди шу таълимотни “бошқаларга ҳам ўргатишга қобилияти бор, ишончли одамларга” топширишлари лозим бўлган (1 Тимўтий 2:2).

Эфесликларга 4:12-13да бу жуда аниқ тасвирланган. Жамоатга Масиҳнинг чўпонлик ва ўқитувчилик инъомлари мақсади ҳақида бу оятда шундай дейилган: “Худонинг азиз халқини хизмат қилишга тайёрласинлар. Шунда Масиҳнинг танаси, яъни жамоат имонда маҳкам туради”. Агар биз жамоат аъзоларига ҳеч қачон улар қўллашлари учун амалий тарзда гапирмасак, қандай қилиб биз жамоатнинг ичидаги ва ташқарисидаги ҳар хил хизматлари учун уларни қуроллантира оламиз? Павлус ўзининг мактубларида ҳаётга қўлламасликдан йироқ бўлишимизни назарда тутади, бу эса, бизнинг доимий мақсадимиздир.

БИР НEЧА МИСОЛЛАР

Шундай қилиб, бу амалда қандай бўлади? Келинг, сизга бир неча мисоллар келтираман. Биринчидан, 2-Шоҳлар 11-боб, яъни Довуднинг Ботшева билан зино қилиши ва кейин ўз ҳокимиятидан фойдаланиб, унинг эрини ўлдиришга фитна уюштириши ва шу тариқа гуноҳини ёпмоқчи бўлгани ҳақида фикр юритинг. Ўз-ўзидан маълумки, жинсий поклик ва одам ўлдиришга доир матнни ҳаётда қўллашлар матннинг юзасида турибди. Лекин, жамоатингиздаги барча одамлар учун зинокорлик ва одам ўлдириш уларнинг ҳозирги васвасалари бўлмаса-чи? Бундайлар бир нечта топилишига аминман. Уларга айтиш учун бошқа ҳеч нарса йўқми? Албатта бор.

Довуднинг гуноҳига қараб, улар гуноҳнинг умумий хусусияти, унинг алдовчи, вазиятдан фойдаланиб қолувчи ва ўсиб борувчи табиатини кўришларига ёрдам беришингиз мумкин. Кейин уларга Исроилнинг шоҳи сифатида эмас, оналар, бувилар, коллеж, университет талаблари, офис ишчилари, менежерлар ва нафақахўрлар сифатида дуч келадиган “вазият гуноҳлари” ҳақида ўйлашларига ёрдам бера оласиз. Сиз матнни ҳаётга қўллашда, ҳар томонлама бўлишга интилаётганингиз йўқ. Сиз уларга парчанинг моҳиятини етказиб беришга ва уларнинг ўз ҳаётлари ҳақида онгларидаги ғилдиракларини юргизиб юборишга ҳаракат қиляпсиз.

Ёки Эфесликларга 6:1-4ни олайлик. Бу парча ота-оналар ва фарзандларнинг бир-бирларига нисбатан ўзаро вазифалари ҳақидадир. Бу жойда жуда кўп ҳаётга қўллашларни кўриш мумкин. Лекин, жамоатингиздаги фарзанди бўлмаган ёки уйда ҳозир фарзанди қолмаган одамлар-чи? Улар буни, шунчаки, тинглашлари ёки атрофларидаги ота-оналарни руҳлантира олиш мақсадида нимадир ўрганишга умид қилишлари керакми? Бошланишига шундай. Лекин, бу Худонинг Каломи уларга ҳам тегишлидир. Тўғри ижро этиладиган ва бўйсуниладиган ҳокимият тамойилларининг ҳар биримизга даҳли бор. Ўқитувчилар ва талабалар, иш берувчилар ва ишчилар, оқсоқоллар ва жамоат – барчаси художўйлик ҳокимияти остида, шу билан бирга у орқали гуллаб-яшнаш нимани билдириши ҳақида ўрганишимиз керак бўлган нарсалар бор. Вестминстер Каттароқ Катехизисида (Westminster Larger Catechism) таъкидланишича, “бешинчи амрда нафақат табиий ота-оналаримиз, балки, ёшда ва инъомда юқорироқ турувчи барча одамлар; айниқса, Худонинг амри бўйича устимиздан ҳокимиятга эга бўлганлар ҳам назарда тутилган” (124-Жавоб). Барчамиз қаердадир ҳокимият остидамиз ва кўпчилигимиз қаердадир ҳокимиятни ижро этамиз. Матнни чуқурроқ ўйлаб, кейин қўллаш буни аён қилади.

 БУ СИЗ УЧУН НИМАНИ АНГЛАТАДИ

Буларнинг барчаси шуни англатидики, ҳаётга қўлланилмаган ваъз, менимча, умуман ваъз эмас, балки Муқаддас Китоб бўйича бир маърузадир. Биз одамлар маърузаларимиздан чиқиб қандай ажойиб фикр бўлди, дея ҳайратда қолиб кетишларини хоҳламаймиз. Бунинг ўрнига, келинглар ўзимизни матнни ҳаётга қўллашга бағишлайлик, токи “Масиҳнинг танаси, яъни жамоат имонда мустаҳкам турсин . . . Масиҳнинг камолига эришган етук одамлар бўлсин.”

 

Майкл Ловренс