Jamoat yig‘ilishlarida qanday ibodatlar qilinishi kerak?
Muqaddas Kitobda biz Xudoni ulug‘lash, tavba qilish, minnatdorchilik va Xudoga ma’lum bir iltimoslarni yetkazadigan ibodatlarni uchratamiz (Zab. 111; Zab. 50; 1-Kor. 11:24; Fil. 4:6). Jamoat yig‘ilishlarida har xil ko‘rinishdagi bu to‘rtta turli ibodat alohida vaqtlarda bo‘lishi va har biri to‘rt xil ko‘rinishda amalga oshirilishi kerak, deyilgan oyat yo‘q. Lekin, ishonamizki, bularning har birini chamalab ko‘rish […]
Nima uchun sajda xizmati har xil ibodat turlarini o‘z ichiga olishi kerak (ulug‘lash, minnatdorchilik bildirish, iqror bo‘lish, shafoat qilish)?
Jamoat Xudoga to‘g‘ri sajda qilish maqsadida masihiy sajda xizmati har xil ibodat turlarini o‘z ichiga olishi kerak. Xudo bizning olqishlarimizga tabiatan loyiqdir, shuning uchun, biz Uni ibodatlarimizda olqishlashimiz kerak (Zabur 134:3). Har bir yaxshi va mukammal hadyaning beruvchisi Xudodir (Yoqub 1:17), shuning uchun, biz Unga minnatdorchilik bildirishimiz lozim. Xudo butun koinotning muqaddas Egasidir, shuning uchun, biz […]