Инжил Хушхабари

Xushxabar nima?

Томонидан Greg Gilbert

Greg Gilbert is the Senior Pastor of Third Avenue Baptist Church in Louisville, Kentucky. You can find him on Twitter at @greggilbert.
Мақолалар
06.13.2014

Yaqinda masihiylar xushxabarni qanday ta‘riflashlari kerakligi – biz xushxabarni gunohkorlar o‘z gunohlaridan tavba qilish va xochga mixlangan Masihga ishonish orqali kechirimga erisha olishlari haqidagi sof xabar deb, aytishimiz kerakmi yoki u bundan kengroq tushunchami, shu haqida xushxabarchilikda uzoq munozara bo‘ldi.  Munozara keskinlashib ketdi, qizib ketmagan bo‘lsa agar, vaqti-vaqti bilan bir guruhdagilar boshqa guruhdagilarga xushxabar haqida “reduksionist” (muammolarni soddaroq qismlarga bo‘lib tahlil qilish usuli) lardek munosabatda bo‘lishayotganini aytishsa, boshqa guruhdagilar o‘z ayblovchilariga aslida ular xushxabarni boshqa narsalar bilan aralashtirib yuborayotgani va jamoatni Xudo unga bergan vazifasidan chalg‘itayotganini aytishdi.

Nazarimda, biz ba‘zi narsalarni diqqat bilan kuzatsak, ba‘zi chalkashliklarga yechim topishimiz mumkin. Men ishonamanki, ushbu munozaradagi ikki asosiy guruhlar – Xushxabarni Xudo gunohkorlarni Isoning o‘limi evaziga O‘zi bilan yarashtirayotganligi haqidagi yaxshi xabar deb bilganlar (ularni “A” guruh deb ataymiz) va Xushxabarni Xudo butun dunyoni yangilamoqchi va qayta yaratmoqchi ekanligi haqidagi yaxshi xabar deb bilganlar (ularni “B” guruh deb ataymiz) – ular umuman, boshqa boshqa narsalar haqida gaplashayotgan edilar. Boshqacha qilib aytganda, “A” va “B” guruh vakillari bir xil savolga javob beryaptilar, deb hisoblamayman. Albatta, har ikkala guruh “Xushxabar nima?” degan savolga javob beryapmiz, deb aytishadi va shuning uchun, ikkita har xil javoblar o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Lekin, agar diqqat bilan e’tibor bersak, ular aslida ikkita juda farqli va teng Kalomiy savollarga javob berayotganlarini ko‘ramiz, deb o‘ylayman.

Bu ikki savollar quyidagilar:

1. Xushxabar nima? Boshqacha qilib aytganda, inson najotga erishishi uchun ishonishi kerak bo‘lgan xabar nima?

Va

2. Xushxabar nima? Boshqacha qilib aytganda, Masihiylikning butun yaxshi xabari nimadan iborat?

“A” guruh vakili “Xushxabar nima?” degan savolni eshitganda, u buni “Inson najotga erishishi uchun ishonishi kerak bo‘lgan xabar nima?” deb tushunadi va u bu savolga Iso Masihning gunohkorlar o‘rnidagi o‘limi, tavba qilish va ishonish haqidagi da‘vati to‘g‘risida aytish orqali javob beradi.

“B” guruh vakili “Xushxabar nima?” degan savolni eshitganda, u buni “Masihiylikning butun yaxshi xabari nimadan iborat?” deb tushunadi va unga Xudoning maqsadi dunyoni Masih orqali yangilashi haqida aytish bilan javob beradi.

Siz bu ikki guruh o‘rtasida nima uchun ziddiyat bo‘lishini tushunishingiz mumkin. Agar savolga (1) yangi yaratilish haqida gapirish orqali javob bersak, odamlar sizning javobingiz juda keng qamrovli va siz xochni o‘z markaziy o‘rnidan chetda qoldiryapsiz deb, tushunarli qilib aytmoqchi bo‘ladilar. Muqaddas Kitobdagi odamlar “Najotga erishish uchun nima qilishim kerak?” deb savol berganda, ular qabul qilgan javob gunohlardan tavba qilish va Isoga ishonish bo‘lgan – kelajakda yangi yaratilish haqidagi biron bir xabar emas.

Muqaddas Kitobda ba‘zan (hatto tez-tez) “xushxabar” haqida yangi yaratilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda gapirilishi ham to‘g‘ri. Demak, savolga (2) faqatgina Masihning gunohkorlar o‘rnida o‘lishi haqida gapirish va qolgan hamma narsa ta‘rifan xushxabar emas (shunchaki, ikkilamchi narsa deyish) orqali javob berish, rostdan ham juda tor ma‘noli bo‘lardi.  Bu tananing tirilishi, yahudiy va g‘ayriyahudiylarning yarashishi (birlashishi), yangi osmon va yangi yer hamda ko‘pgina boshqa narsalar Muqaddas Kitobda mavjud bo‘lgan Masihiylikning “yaxshi xabar” sifatidagi narsalarning bir qismi emasligini anglatar edi.

Biz tushunishimiz lozim bo‘lgan narsa shundan iboratki: bu ikkala savollardan hech biri noto‘g‘ri emas va ulardan hech biri boshqasiga qaraganda ko‘proq kalomiy emas. Muqaddas Kitob ularning ikkalasini ham so‘raydi va ularga javob beradi. Hozir yuqorida ta‘kidlagan savollarni men nima uchun to‘g‘ri va kalomiy deb bilishimni Muqaddas Kitobdan ko‘rsatishga ijozat bering.

Buni o‘qir ekanman, Muqaddas Kitobda “xushxabar” so‘zi ikkita har xil, lekin bir-biriga juda aloqador tarzda ishlatilishini ko‘raman. Ba‘zan u “xushxabar”ni juda keng tarzda, ya‘ni Xudo Masih orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan barcha va‘dalar, shu jumladan, nafaqat gunohlarning kechirilishi, shu bilan birga, u bilan ergashib keladigan hamma narsa – shohlikning o‘rnatilishi, yangi osmon va yangi yer va h.klarni tasvirlashda ishlatiladi. Shunga qaramay, Muqaddas Kitobda “xushxabar” juda ham tor tarzda, ya‘ni aynan Masihning bizlarning o‘rnimizga o‘lishi va tirilishi orqali gunohlarning kechirilishini tasvirlashda ishlatilgan boshqa paytlar ham bor. Bu joylarda, kengroq va‘dalar unchalik ko‘zga tashlanmaydi.

Quyida Muqaddas Kitobda “xushxabar” so‘zi tor ma‘noda ishlatilgan, menimcha, eng aniq joylar keltirilgan:

  1. Havoriylar 10:36-43: «U Isroil xalqiga yuborgan xabarni bilasizlar. Tinchlik keltiradigan bu Xushxabarni Xudo Iso Masih orqali e’lon qildi. Iso Masih hammaning Rabbiysidir. … Barcha payg‘ambarlar ham Iso to‘g‘risida guvohlik bergan edilar. Isoga ishongan har bir odamning gunohlari Uning nomi tufayli kechiriladi, deb aytgan edilar.»

Butrus aytadiki, u targ‘ib qilayotgan xushxabar – bu Iso Masih orqali keladigan tinchlikdir, xususan, bu shuni anglatadiki, “Isoga ishongan har bir odamning gunohlari Uning nomi tufayli kechiriladi.”

  1. Rimliklarga 1:16-17:«Men Xushxabardan or qilmayman, chunki Xudoning kuch–qudrati bo‘lgan bu Xushxabar orqali unga ishonganlarning hammasi qutqariladi. Ishonadiganlar yahudiymi, g‘ayriyahudiymi, farqi yo‘q! Bu Xushxabarda oshkor qilinganki, Xudo insonlarni imon orqali, ha, faqatgina imon orqali oqlaydi, chunki Muqaddas Bitiklarda: “Solih inson imon tufayli hayotga ega bo‘ladi”, — deb yozilgan.»

Pavlus xushxabarni “najot” va imon orqali namoyon bo‘layotgan Xudoning oqlashi nuqtai nazaridan kelib chiqib ifodalaydi. Kitobning qolgan qismidan ma‘lumki, u bu joyda gunohlarning kechirilishi (oqlanish) ishlar bilan emas, imon orqali amalga oshishi haqida gapirmoqda. Uning Rimliklardagi diqqat markazi kelajak shohlikka emas, inson qanday qilib uning bir qismi bo‘la olishiga qaratilgan. Va u buni “xushxabar” deb ataydi.

  1. 1 Korinfliklarga 1:17-18:«Zotan, Masih meni odamlarni suvga cho‘mdirsin, deb emas, balki Xushxabarni yoysin, deb yubordi. Menga bu Xushxabarni insonlarga oid bo‘lgan donolik bilan yoyish buyurilmadi, bo‘lmasa Masihning xochdagi o‘limi haqidagi xabarning kuchi yo‘qolgan bo‘lardi. Xoch haqidagi bu xabar halok bo‘layotganlarga telbalikday tuyuladi. Ammo biz, najot topayotganlar uchun esa u Xudoning qudratidir.»
  2. 1 Korinfliklar 15:1-5«Birodarlarim, men o‘zim sizlarga yetkazgan Xushxabarning mohiyatini yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman. Sizlar bu Xushxabarni qabul qilgansiz, u imoningizning asosidir. O‘sha Xushxabar orqali qutqarilasiz, ammo sizlar men aytgan o‘sha Xushxabar orqali yetishgan imoningizda mahkam turishingiz kerak, aks holda bekorga ishongan bo‘lasizlar. Menga berilgan eng muhim ta‘limotni sizlarga yetkazdim. Bu ta‘limot quyidagichadir: Muqaddas Bitiklarga muvofiq, Masih gunohlarimiz uchun o‘lgan. Keyin U dafn qilindi, uchinchi kuni esa tirildi. Bularning hammasi Muqaddas Bitiklarga muvofiq sodir bo‘ldi. Avval U Butrusga, so‘ngra o‘n ikki shogirdiga ko‘rindi.»

Pavlus ularga e’lon qilgan va ular qabul qilgan xushxabar “Masih gunohlarimiz uchun o‘lgan. Keyin U dafn qilindi, uchinchi kuni esa tirildi”. Ko‘rinishlarga ketma-ket iqtiboslar “xushxabar”ning bir qismi sifatida qaralmasligi kerak, xuddiki biz birovga Iso Butrusga, o‘n ikki shogirdga, va Yoqubga ko‘ringanini aytishimiz shartdek, aks holda biz ularga “xushxabar”ni gapirmayotgandek.
Bu iqtiboslar tirilishning haqiqiyligi va tarixan sodir bo‘lganini tasdiqlash uchun keltiriladi.

Quyida Muqaddas Kitobda “xushxabar” so‘zi keng ma‘noda ishlatilgan, menimcha, eng aniq joylar keltirilgan:

  1. Matto 4:23:«Iso butun Jalila viloyatini kezib yurardi. U sinagogalarda ta‘lim berib, Osmon Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilardi, odamlarning har xil xastaliklari va dardlariga shifo berar edi.»

Bu “Xushxabar” so‘zining Matto bayonida birinchi marta tilga olinishidir, shuning uchun, bu atamaga biron bir kontur (chiziq) berilishini kutishimiz kerak. Iso e’lon qilgan “Osmon Shohligi tog‘risidagi Xushxabar”ning tarkibini to‘ldirish uchun “Osmon Shohligi” birinchi marta tilga olingan 17-  oyatga qaytamiz .Bu yerda Iso “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi”, deb va‘z qilgani yozilgan.

Iso va‘z qilgan Osmon Shohligi Xushxabari a) Shohlik yaqinlashgani va b) tavba qilganlar unga kira olishlari haqidagi xabar edi.

  1. Mark 1:14-15:«Yahyo zindonband qilingandan keyin, Iso Jalilaga borib, Xudoning Xushxabarini va‘z qildi: “Vaqt–soati yetdi. Xudoning Shohligi yaqinlashdi! Tavba qilinglar, Xushxabarga ishoninglar!”

Eng birinchi oyatdan tashqari, bu so‘z Mark bayonida birinchi marta ishlatilgan. Iso va‘z qilgan “Xudoning Xushxabari” quyidagicha edi: “Vaqt-soati yetdi. Xudoning Shohligi yaqinlashdi! Tavba qilinglar, Xushxabarga ishoninglar!”

Xudoning Xushxabari a) Shohlik yaqinlashgani va b) tavba qilganlar va ishonganlar unga kira olishlari haqidagi xabardir.

  1. Luqo 4:18:“Egamizning Ruhi meni qamradi. Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun, Egam meni tanladi. Zindondagilarga qutulasiz, deb aytmoq uchun, Ko‘rlarga, ko‘zingiz ochiladi, deb xabar bermoq uchun, Asirlarni ozod qilmoq uchun,»

Iso O‘zinig ommaviy xizmatini Eski Ahdning aynan ushbu parchasidan boshlaydi. “Xushxabar” so‘zi, menimcha, Ishayo 61-bobda ishlatilganidek, Xudo Shohligi boshqaruvining to‘liq o‘rnatilishi ma‘nosini bildirmoqda.

  1. Havoriylar 13:32«Barnabo bilan men esa bu Xushxabarni sizlarga e’lon qilmoqdamiz: Xudo Isoni tiriltirdi! Shu orqali ota–bobolarimizga bergan va‘dasini ularning farzandlari bo‘lmish bizlar uchun bajardi.»

38-oyatda aniq ko‘rsatilganki, Pavlus olib kelgan xushxabar gunohlarning Iso orqali kechirilishidir. Lekin, shu bilan birga, 32-oyatda aytiladiki, “Xushxabar quyidagidan iborat: Xudo Isoni tiriltirdi! Shu orqali ota–bobolarimizga bergan va‘dasini ularning farzandlari bo‘lmish bizlar uchun bajardi.” Shubhasiz Xudoning ota-bobolarga bergan va‘dasi hozir Masihda amalga oshdi, gunohlarning kechirilishi ham buning ichiga kiradi, lekin shu bilan chegaralanib qoladimi?

Shunday qilib, Yangi Ahdga diqqat bilan nazar solgandan keyin menga “xushxabar” so‘zi ham keng ma‘noda, ham tor ma‘noda ishlatilgandek tuyulmoqda. Kengroq ma‘noda, Matto 4-bob, Mark 1-bob, Luqo 4-bob va Havoriylar 13-bobda yozilganidek, u Isoning amalga oshirgan ishi orqali bizga berilgan barcha va‘dalarga— faqatgina gunohlarning kechirilishi emas, shu bilan birga, tirilish, Xudo bilan ham, boshqalar bilan ham yarashish, poklanish, ulug‘lash, kelajak Shohlik, yangi osmon va yangi yer va hokazolarni anglatadi.  Siz bu hollarda, “xushxabar” Masihning hayoti va amalga oshirgan ishi orqali himoyalangan, Xudoning butun va‘dalarining jamlanmasini bildiradi, deb aytishingiz mumkin. Biz buni Osmon Shohligi Xushxabarining kengroq mohiyati deb atashimiz mumkin. Tor ma‘noda, Havoriylar 10-bob, butun Rimliklar kitobi, 1 Korinfliklarga 1-bob va 1 Korinfliklarga 15-bobda keltirilganidek, “xushxabar” aynan Isoning najotkorona o‘limi va tirilishi hamda barcha odamlarni tavbaga va Unga ishonishlariga da‘vatni bildiradi.  Biz bu torroq mohiyatni Xoch Xushxabari deb atashimiz mumkin.

Hozir yana ikkita boshqa narsalarni izohlashga ijozat bering. Birinchisi, “xushxabar” so‘zining keng ma‘noda ishlatilishi uning tor ma‘nosini albatta o‘z ichiga oladi.  Matto va Markdan mana bu misollarga e’tibor bering. Iso, ko‘pchilik aytgandek, shunchaki Osmon Shohligining boshlanishini e’lon qilmaydi. U Osmon Shohligi boshlanishini e’lon qiladi va U unga kirish vositasini e’lon qiladi. Diqqat bilan qarang: Iso xushxabarni “Osmon Shohligi keldi!”, deb va‘z qilmaydi. U xushxabarni “Osmon Shohligi keldi. Shuning uchun, tavba qilinglar va ishoninglar”, deb va‘z qiladi. Bu juda muhim, Xushxabar va Xushxabar bo‘lmagan narsaning orasidagi haqiqiy farq quyidagicha: Osmon Shohligining kelgani va yangi yaratilish va qolgan barchasini odamlar unga qanday qilib kirishlarini – Masihga va Uning najotkorona o‘limiga imon keltirish orqali o‘z gunohlaridan tavba qilishlari va kechirilishlarini – aytmasdan turib e’lon qilish Xushxabar bo‘lmagan narsani va‘z qilish demakdir!.  Aslida, bu noxush xabarni va‘z qilish bilan barobar, zero siz odamlarga o‘sha yangi yaratilishga ishtirok etishga umid bermaysiz. Osmon Shohligi Xushxabari shunchaki shohlikning e’lon qilinishi emas. Bu shohlikning e’lon qilinishi bilan birgalikda, odamlar unga tavba qilishlari va Masihga imon keltirishlari orqali kira olishlarini e’lon qilishdir.

Ikkinchisi, alohida ta‘kidlash joizki, yana, Yangi Ahd Masih orqali gunohlarning kechirilishi haqidagi maxsus va qisqa xabarni “Xushxabar” deb ataydi. Shuning uchun, “Agar siz shunchaki Masih orqali gunohlarning kechirilishi haqida va‘z qilayotgan va Xudoning dunyoni yangilashi haqida gapirmayotgan bo‘lsangiz, unda siz xushxabarni va‘z qilmayapsiz”, deyish noto‘g‘ri.  Pavlus ham, Butrus ham (yuqoridagi misollardan ismlargina aytsak) agar ular odamlarga Isoning najotkorona o‘limi orqali gunohlarning kechirilishi haqida va‘z qilgan bo‘lsalar, “Xushxabar”ni va‘z qildim, deb xursandchilik bilan ayta olishgan ko‘rinadilar, tamom.

Agar Yangi Ahdda “xushxabar”ni ham keng, ham tor ma‘noda ishlatilgani rost bo‘lsa, biz bu ikki turdagi ma‘no, Osmon Shohligi Xushxabari va Xoch Xushxabari o‘rtasidagi aloqani qanday tushunishimiz lozim? Bu keyingi savol, va biz unga javob berib bo‘lganimizda, o‘ylaymanki, bu bizga ba‘zi juda muhim masalalar yuzasidan ongimizda aniq-ravshanlik paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Shunday qilib, Osmon Shohligi Xushxabari va Xoch Xushxabari bir-biriga qanday aloqasi bor? Avval ta‘kidlaganimdek, Osmon Shohligi Xushxabari albatta Xoch Xushxabarini o‘z ichiga oladi.  Lekin, yanada aniqroq gapirsak, Xoch Xushxabari Osmon Shohligi Xushxabarining shunchaki bir qismimi yoki undan ortiqroq narsami? U uning markazida joylashganmi yoki chetidami, u uning yuragimi yoki boshqa narsami? Va bu masala yuzasidan, nima uchun Yangi Ahd yozuvchilari “xushxabar” so‘zini Masihga imon keltirish orqali gunohlarning kechirilishi haqidagi maxsus va‘daga nisbatan ishlatishadi, kengroq ma‘nodagi xushxabar ichidagi boshqa maxsus va‘dalarga nisbatan emas? Nima uchun biz Pavlus “Mana bu men targ‘ib qilayotgan xushxabardir: odamlar bir-birlari bilan qayta birlashadilar”, deb aytganini uchratmaymiz?

Menimcha biz bu savollarning barchasiga quyidagilarni anglash orqali javob topa olamiz: Xoch Xushxabari Osmon Shohligi Xushxabarining shunchaki bir qismigina emas, aksincha, Xoch Xushxabari Osmon Shohligi Xushxabarining darvozasi, favvoraning asl manbasi hatto, aytish mumkinki, negizidir. Butun Yangi Ahdni o‘qib chiqing va siz uning birgina ma‘noga ega bo‘lgan xabari, inson Masihning o‘limi orqali gunohlarining kechirilishi yo‘li orqaligina, Shohlikning ushbu keng ma‘nodagi marhamatlariga yetisha olishi ekanini tezda anglab olasiz.  Bu favvoraning asl manbasidir va qolgan barcha marhamatlar aynan ushbu manbadan kelib chiqadi.

Menimcha, shuning uchun ham, Muqaddas Kitob mualliflari o‘sha favvora manbasini “Xushxabar” deb atashlari to‘liq mos keladi, va hatto ular butun to‘plamni – kechirim, oqlanish, tirilish, yangi ijod va qolgan barchasini – ham “Xushxabar”, deb atashlariga o‘xshaydi. Chunki, xushxabarning keng marhamatlari faqatgina tor vosita (xaloskorlik, kechirim, imon va tavba) orqali qo‘lga kiritiladi va bu marhamatlar shubhasiz tor vosita orqali qo‘lga kiritilishi sababli, Yangi Ahd yozuvchilarining “Xushxabar”ni o‘sha darvoza/negiz/favvora manbasi deb atashi to‘liq o‘rinlidir.

Shu bilan birga, Yangi Ahdda o‘sha favvora manbasi “Xushxabar” deb atalishi va bir vaqtning o‘zida kengroq to‘plamdagi ma‘lum bir boshqa marhamatni “Xushxabar” deb atalmasligi juda o‘rinlidir. Shuning uchun ham biz insonlarning qayta birlashishini “Xushxabar”, deb atamaymiz. Hatto yangi osmon va yangi yerni ham “Xushxabar” deb atamaymiz. Lekin biz xaloskorlik orqali kechirilishni “Xushxabar” deb ataymiz, chunki, u qolgan barcha marhamatlarning favvora manbasi va ularga olib boradigan darvozadir.

Bundan kelib chiqadigan ba‘zi muhim xulosalar bor.

Birinchidan, yana bir marta aytish joizki, “Xushxabar” Osmon Shohligining e’lon qilinishidir, deb, da‘vo qiluvchilar, shunchaki, nohaqlar.  Xushxabar Osmon Shohligining e’lon qilinishi emas; u (kengroq ma‘noda) Osmon Shohligi bilan birgalikda unga kirish vositasining e’lon qilinishidir.

Ikkinchidan, Xoch Xushxabari unchalik xushxabar emas, yoki xushxabardan kamroq narsa, deyish noto‘g‘ridir. Chunonchi, berilgan savol “Inson najotga erishishi uchun qaysi xabarga ishonishi kerak” ekan, xoch xushxabari – ana shu xushxabardir. Iso, Pavlus va Butrus shunday deyishadi. [1]

Uchinchidan, Osmon Shohligi Xushxabari qandaydir xushxabarga qo‘shimcha yoki haqiqiy xushxabardan chalg‘ish, deb aytish ham noto‘g‘ri. Chunonchi, berilgan savol “Masihiylikning butun xushxabari nimadan iborat” ekan, shohlik xushxabari xushxabarga qo‘shimcha emas; u xushxabardir. Iso, Pavlus va Butrus shunday deyishadi.

To‘rtinchidan, shunchaki, “Isodan namuna olib”, yaxshi ishlar qilayotgani uchungina insonni masihiy deb atash noto‘g‘ri. Masihiy bo‘lish, Osmon Shohligi marhamatlari ishtiriokchisi bo‘lish, insondan avvalo darvozadan kirishni, ya‘ni Masih oldiga imon bilan kelish va gunohlarining kechirilishi va najotga erishishni talab etadi. Bunyan o‘zining “Ziyoratchining rivoji” (Pilgrim’s Progress) asarida Masihiy Samoviy Shaharga borish yo‘lagida uchratgan janob Rasmiyatchi va janob Ikkiyuzlamachi obrazlarini tasvirlaydi. Bir muhlat suhbatlashgandan keyin, shunga qaramay, Masihiy ular Samoviy Darvoza orqali borish o‘rniga devordan shu yo‘lakka oshib tushganlarini anglaydi.  Xulosa: ushbu ikki odam hozir yo‘lak bo‘ylab qanchalik yaxshi harakatlanayotganliklariga qaramay, masihiy emaslar.  Obrazlarni ozroq o‘zgartiradigan bo‘lsak, Isoga-Ergashuvchi janob va Osmon-Shohligi-Hayotini-Yashovchi xonim xochga mixlangan Isoning oldiga gunohlarining kechirilishi uchun tavba va imon bilan kelmagunlaricha, ular masihiy emaslar. Tashqarida buni anglashi kerak bo‘lgan ko‘plab odamlar bor. Odam xohlaganicha “Iso yashaganga o‘xshab yashashi” mumkin, lekin u najot, imon va tavba Samoviy Darvozasi orqali o‘tmaguncha, u Masihning oldiga kela olmaydi. U shunchaki, devordan oshib tushgan.

Beshinchidan, ishonamanki, masihiy bo‘lmaganlar “Osmon Shohligi ishi”ni bajarayapti, deb aytish, har doim noto‘g‘ridir. Masihiy bo‘lmagan odam odamlarning yarashishi yoki adolat uchun faoliyat yuritayotgan odam yaxshi ish qilmoqda, lekin bu Osmon Shohligining ishi emas, chunki bu Shohning nomi bilan qilingani yo‘q. K.S.Luis nohaq edi; siz Tash nomi bilan yaxshi ishlar qilib, Aslan nomi buning uchun xursand bo‘ladi, deb umid qila olmaysiz.

Oltinchidan, har qanday mehribonlik xizmatining tub maqsadi – imonli shaxs tomonidan yoki jamoat tomonidan bajariladimi – farqi yo‘q – dunyoni darvozaga yo‘naltirib, qaytarish lozim. Bu borada ko‘p gapirsak bo‘ladi, lekin, menimcha, buning hammasini to’g‘ri tushunish vazifachilikning kuchli ilhomini va dunyoga kirib boruvchi guvohlikni ta‘minlaydi. Agar siz, Iso nomi bilan, misol uchun, sartaroshxonangizni yangilamoqchi bo‘lganingizda, siz xo‘jayinga aytishingiz kerak (qisqa bo‘lishi uchun, ochiqchasiga gapirganda), “Qarang, men buni Rabbimga, go‘zallik, tartib va tinchik kabi narsalar haqida o‘ylaydigan (qayg‘uradigan) Xudoga xizmat qilganim uchun qilyapman. Aslida, Muqaddas Kitobda yozilganki va men bunga albatta ishonaman, Xudo bir kun kelib bu dunyoni yangidan yaratmoqchi va rangi yo‘qolmaydigan va daraxtlari qurimaydigan shohlikni e’lon qiladi. Lekin, [va shu joyda asosiy mohiyatga yetib kelamiz] menimcha, gunohlaringiz tufayli siz bunda ishtirok eta olmaysiz. Toki tavba qilib, Masihga ishonmaguningizcha.” Va o‘shanda siz unga xoch haqidagi xushxabarni aytasiz. Agar siz sartaroshxonangizni shunchaki yangilasangiz va kelajak shohlikni e’lon qilsangiz, Xushxabarni e’lon qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lasiz. Osmon Shohligi Xushxabari Shohlik bilan birga unga kirish vositasini e’lon qilishdir.

Yettinchidan, oldinroq ta‘kidlaganimdek, ishonamanki, yangi (to‘satdan vujudga kelgan) deb ataluvchi jamoatlardagi ko‘pchilik odamlar – o‘z xushxabarlari qanchalik darajada hayratlanarli va ajoyib ekanligi haqida qattiq turib olganliklari uchun – xushxabar haqida aslida nima hayratlanarli ekanligini butunlay esdan chiqarishgan.
Iso shoh ekanligi sevgi va hamdardlik shohligiga asos solganligi umuman hayratlanarli emas. Har bir yahudiy bir kun kelib nima sodir bo‘lishi haqida bilgan. Xushxabardagi haqiqatdan ham hayratlanarli narsa esa, Moylab Tanlangan Shoh O‘z xalqini qutqarish uchun o‘ladi – Doniyordagi Ilohiy Inson O‘g‘li, Dovud tasvirlagan Masih (Moylangan) va Ishayodagi Azob chekayotgan Xizmatchi bir xil shaxs bo‘lib chiqadi. Va nihoyat, yana mana shu tarzda biz Osmon Shohligi Xushxabari va Xoch Xushxabarini bir-biriga bog‘laymiz. Iso faqatgina Shoh emas, U Xochga mixlangan Shoh hamdir. Shundan keyin, yangi jamoatlardagi ko‘pchilik odamlar hayratlanarli deb bilgan xushxabar umuman hayratlanarli emas. Bu shunchaki zerikarli xabar.

Sakkizinchidan, hozirgacha aytib o‘tgan barcha narsalar quyidagicha xulosaga yetaklaydi: xushxabarchilik, xizmatchilik va cho‘ponlikka doir urg‘u bugungi kunda Xoch Xushxabariga – kengroq ma‘nodagi Osmon Shohligi Xushxabari favvora manbasi va darvozasiga tegishlidir. Chunki, agar biz odamlarni unga yo‘naltirmasak, qolgan barchasi qo‘lga kiritib bo‘lmas va haqiqatda yomon xabardir.  Shuning uchun, bu bugungi zamonda Xudoning dunyodagi har bir insonga tegishli keng qamrovli amri “Tavba qilish va ishonish” amri hamdir.
Xushxabarning o‘zida berilgan birgina amr bor (keng ma‘nodami yoki tor ma‘nodami – farqi yo‘q): Tavba qilinglar va ishoninglar. Bu ushbu zamonda har bir insonning asosiy vazifasidir va shuning uchun, u bizning va‘zlarimizning ham asosiy urg‘usi bo‘lishi lozim.

[1] Iso Xoch Xushxabarini juda aniq va‘z qiladi (misol uchun, Mark 10:45da) u o‘zining yozib qoldirgan so‘zlarida “Xushxabar” so‘zini unga aniq bog‘lamagan bo‘lsa ham. Umumiyroq eslatma sifatida, biz so‘z-izlanishlarining foydasini tan olsakda, biz xushxabarga doir ta‘rifimiz va uni matnda aniqlashimizni “Xushxabar” so‘zining ishlatilishi holatlariga juda qattiq bog‘lamasligimiz kerak. Aks holda, biz Yuhanno u haqda umuman gapirmagan deyishimizga to‘g‘ri kelgan bo‘lar edi, chunki uning Yangi Ahddagi barcha kitoblarida xushxabar so‘zi umuman ishlatilmagan.

Greg Gilbert

Хушхабар нима?

Яқинда масиҳийлар хушхабарни қандай таърифлашлари кераклиги – биз хушхабарни гуноҳкорлар ўз гуноҳларидан тавба қилиш ва хочга михланган Масиҳга ишониш орқали кечиримга эриша олишлари ҳақидаги соф хабар деб, айтишимиз керакми ёки у бундан кенгроқ тушунчами, шу ҳақида хушхабарчиликда узоқ мунозара бўлди. Мунозара кескинлашиб кетди, қизиб кетмаган бўлса агар, вақти-вақти билан бир гуруҳдагилар бошқа гуруҳдагиларга хушхабар ҳақида “редукционист” (муаммоларни соддароқ қисмларга бўлиб таҳлил қилиш усули) лардек муносабатда бўлишаётганини айтишса, бошқа гуруҳдагилар ўз айбловчиларига аслида улар хушхабарни бошқа нарсалар билан аралаштириб юбораётгани ва жамоатни Худо унга берган вазифасидан чалғитаётганини айтишди.

Назаримда, биз баъзи нарсаларни диққат билан кузатсак, баъзи чалкашликларга ечим топишимиз мумкин. Мен ишонаманки, ушбу мунозарадаги икки асосий гуруҳлар – Хушхабарни Худо гуноҳкорларни Исонинг ўлими эвазига Ўзи билан яраштираётганлиги ҳақидаги яхши хабар деб билганлар (уларни “А” гуруҳ деб атаймиз) ва Хушхабарни Худо бутун дунёни янгиламоқчи ва қайта яратмоқчи эканлиги ҳақидаги яхши хабар деб билганлар (уларни “Б” гуруҳ деб атаймиз) – улар умуман, бошқа бошқа нарсалар ҳақида гаплашаётган эдилар. Бошқача қилиб айтганда, “А” ва “Б” гуруҳ вакиллари бир хил саволга жавоб беряптилар, деб ҳисобламайман. Албатта, ҳар иккала гуруҳ “Хушхабар нима?” деган саволга жавоб беряпмиз, деб айтишади ва шунинг учун, иккита ҳар хил жавоблар ўртасида зиддият юзага келади. Лекин, агар диққат билан эътибор берсак, улар аслида иккита жуда фарқли ва тенг Каломий саволларга жавоб бераётганларини кўрамиз, деб ўйлайман.

Бу икки саволлар қуйидагилар:

1. Хушхабар нима? Бошқача қилиб айтганда, инсон нажотга эришиши учун ишониши керак бўлган хабар нима?

Ва

2. Хушхабар нима? Бошқача қилиб айтганда, Масиҳийликнинг бутун яхши хабари нимадан иборат?

“А” гуруҳ вакили “Хушхабар нима?” деган саволни эшитганда, у буни “Инсон нажотга эришиши учун ишониши керак бўлган хабар нима?” деб тушунади ва у бу саволга Исо Масиҳнинг гуноҳкорлар ўрнидаги ўлими, тавба қилиш ва ишониш ҳақидаги даъвати тўғрисида айтиш орқали жавоб беради.

“Б” гуруҳ вакили “Хушхабар нима?” деган саволни эшитганда, у буни “Масиҳийликнинг бутун яхши хабари нимадан иборат?” деб тушунади ва унга Худонинг мақсади дунёни Масиҳ орқали янгилаши ҳақида айтиш билан жавоб беради.

Сиз бу икки гуруҳ ўртасида нима учун зиддият бўлишини тушунишингиз мумкин. Агар саволга (1) янги яратилиш ҳақида гапириш орқали жавоб берсак, одамлар сизнинг жавобингиз жуда кенг қамровли ва сиз хочни ўз марказий ўрнидан четда қолдиряпсиз деб, тушунарли қилиб айтмоқчи бўладилар. Муқаддас Китобдаги одамлар “Нажотга эришиш учун нима қилишим керак?” деб савол берганда, улар қабул қилган жавоб гуноҳлардан тавба қилиш ва Исога ишониш бўлган – келажакда янги яратилиш ҳақидаги бирон бир хабар эмас.

Муқаддас Китобда баъзан (ҳатто тез-тез) “хушхабар” ҳақида янги яратилиш нуқтаи назаридан келиб чиққан ҳолда гапирилиши ҳам тўғри. Демак, саволга (2) фақатгина Масиҳнинг гуноҳкорлар ўрнида ўлиши ҳақида гапириш ва қолган ҳамма нарса таърифан хушхабар эмас (шунчаки, иккиламчи нарса дейиш) орқали жавоб бериш, ростдан ҳам жуда тор маъноли бўларди. Бу тананинг тирилиши, яҳудий ва ғайрияҳудийларнинг ярашиши (бирлашиши), янги осмон ва янги ер ҳамда кўпгина бошқа нарсалар Муқаддас Китобда мавжуд бўлган Масиҳийликнинг “яхши хабар” сифатидаги нарсаларнинг бир қисми эмаслигини англатар эди.

Биз тушунишимиз лозим бўлган нарса шундан иборатки: бу иккала саволлардан ҳеч бири нотўғри эмас ва улардан ҳеч бири бошқасига қараганда кўпроқ каломий эмас. Муқаддас Китоб уларнинг иккаласини ҳам сўрайди ва уларга жавоб беради. Ҳозир юқорида таъкидлаган саволларни мен нима учун тўғри ва каломий деб билишимни Муқаддас Китобдан кўрсатишга ижозат беринг.

Буни ўқир эканман, Муқаддас Китобда “хушхабар” сўзи иккита ҳар хил, лекин бир-бирига жуда алоқадор тарзда ишлатилишини кўраман. Баъзан у “хушхабар”ни жуда кенг тарзда, яъни Худо Масиҳ орқали амалга оширмоқчи бўлган барча ваъдалар, шу жумладан, нафақат гуноҳларнинг кечирилиши, шу билан бирга, у билан эргашиб келадиган ҳамма нарса – шоҳликнинг ўрнатилиши, янги осмон ва янги ер ва ҳ.кларни тасвирлашда ишлатилади. Шунга қарамай, Муқаддас Китобда “хушхабар” жуда ҳам тор тарзда, яъни айнан Масиҳнинг бизларнинг ўрнимизга ўлиши ва тирилиши орқали гуноҳларнинг кечирилишини тасвирлашда ишлатилган бошқа пайтлар ҳам бор. Бу жойларда, кенгроқ ваъдалар унчалик кўзга ташланмайди.

Қуйида Муқаддас Китобда “хушхабар” сўзи тор маънода ишлатилган, менимча, энг аниқ жойлар келтирилган:

  1. Ҳаворийлар 10:36-43: «У Исроил халқига юборган хабарни биласизлар. Тинчлик келтирадиган бу Хушхабарни Худо Исо Масиҳ орқали эълон қилди. Исо Масиҳ ҳамманинг Раббийсидир. … Барча пайғамбарлар ҳам Исо тўғрисида гувоҳлик берган эдилар. Исога ишонган ҳар бир одамнинг гуноҳлари Унинг номи туфайли кечирилади, деб айтган эдилар.»

Бутрус айтадики, у тарғиб қилаётган хушхабар – бу Исо Масиҳ орқали келадиган тинчликдир, хусусан, бу шуни англатадики, “Исога ишонган ҳар бир одамнинг гуноҳлари Унинг номи туфайли кечирилади.”

  1. Римликларга 1:16-17: «Мен Хушхабардан ор қилмайман, чунки Худонинг куч–қудрати бўлган бу Хушхабар орқали унга ишонганларнинг ҳаммаси қутқарилади. Ишонадиганлар яҳудийми, ғайрияҳудийми, фарқи йўқ! Бу Хушхабарда ошкор қилинганки, Худо инсонларни имон орқали, ҳа, фақатгина имон орқали оқлайди, чунки Муқаддас Битикларда: “Солиҳ инсон имон туфайли ҳаётга эга бўлади”, — деб ёзилган.»

Павлус хушхабарни “нажот” ва имон орқали намоён бўлаётган Худонинг оқлаши нуқтаи назаридан келиб чиқиб ифодалайди. Китобнинг қолган қисмидан маълумки, у бу жойда гуноҳларнинг кечирилиши (оқланиш) ишлар билан эмас, имон орқали амалга ошиши ҳақида гапирмоқда. Унинг Римликлардаги диққат маркази келажак шоҳликка эмас, инсон қандай қилиб унинг бир қисми бўла олишига қаратилган. Ва у буни “хушхабар” деб атайди.

  1. 1 Коринфликларга 1:17-18: «Зотан, Масиҳ мени одамларни сувга чўмдирсин, деб эмас, балки Хушхабарни ёйсин, деб юборди. Менга бу Хушхабарни инсонларга оид бўлган донолик билан ёйиш буюрилмади, бўлмаса Масиҳнинг хочдаги ўлими ҳақидаги хабарнинг кучи йўқолган бўларди. Хоч ҳақидаги бу хабар ҳалок бўлаётганларга телбаликдай туюлади. Аммо биз, нажот топаётганлар учун эса у Худонинг қудратидир.»
  2. 1 Коринфликлар 15:1-5 «Биродарларим, мен ўзим сизларга етказган Хушхабарнинг моҳиятини яна бир бор эслатиб ўтмоқчиман. Сизлар бу Хушхабарни қабул қилгансиз, у имонингизнинг асосидир. Ўша Хушхабар орқали қутқариласиз, аммо сизлар мен айтган ўша Хушхабар орқали етишган имонингизда маҳкам туришингиз керак, акс ҳолда бекорга ишонган бўласизлар. Менга берилган энг муҳим таълимотни сизларга етказдим. Бу таълимот қуйидагичадир: Муқаддас Битикларга мувофиқ, Масиҳ гуноҳларимиз учун ўлган. Кейин У дафн қилинди, учинчи куни эса тирилди. Буларнинг ҳаммаси Муқаддас Битикларга мувофиқ содир бўлди. Аввал У Бутрусга, сўнгра ўн икки шогирдига кўринди.»

Павлус уларга эълон қилган ва улар қабул қилган хушхабар “Масиҳ гуноҳларимиз учун ўлган. Кейин У дафн қилинди, учинчи куни эса тирилди”. Кўринишларга кетма-кет иқтибослар “хушхабар”нинг бир қисми сифатида қаралмаслиги керак, худдики биз бировга Исо Бутрусга, ўн икки шогирдга, ва Ёқубга кўринганини айтишимиз шартдек, акс ҳолда биз уларга “хушхабар”ни гапирмаётгандек.
Бу иқтибослар тирилишнинг ҳақиқийлиги ва тарихан содир бўлганини тасдиқлаш учун келтирилади.

Қуйида Муқаддас Китобда “хушхабар” сўзи кенг маънода ишлатилган, менимча, энг аниқ жойлар келтирилган:

  1. Матто 4:23: «Исо бутун Жалила вилоятини кезиб юрарди. У синагогаларда таълим бериб, Осмон Шоҳлиги тўғрисидаги Хушхабарни эълон қиларди, одамларнинг ҳар хил хасталиклари ва дардларига шифо берар эди.»

Бу “Хушхабар” сўзининг Матто баёнида биринчи марта тилга олинишидир, шунинг учун, бу атамага бирон бир контур (чизиқ) берилишини кутишимиз керак. Исо эълон қилган “Осмон Шоҳлиги тоғрисидаги Хушхабар”нинг таркибини тўлдириш учун “Осмон Шоҳлиги” биринчи марта тилга олинган 17- оятга қайтамиз .Бу ерда Исо “Тавба қилинглар, чунки Осмон Шоҳлиги яқинлашди”, деб ваъз қилгани ёзилган.

Исо ваъз қилган Осмон Шоҳлиги Хушхабари а) Шоҳлик яқинлашгани ва б) тавба қилганлар унга кира олишлари ҳақидаги хабар эди.

  1. Марк 1:14-15: «Яҳё зиндонбанд қилингандан кейин, Исо Жалилага бориб, Худонинг Хушхабарини ваъз қилди: “Вақт–соати етди. Худонинг Шоҳлиги яқинлашди! Тавба қилинглар, Хушхабарга ишонинглар!”

Энг биринчи оятдан ташқари, бу сўз Марк баёнида биринчи марта ишлатилган. Исо ваъз қилган “Худонинг Хушхабари” қуйидагича эди: “Вақт-соати етди. Худонинг Шоҳлиги яқинлашди! Тавба қилинглар, Хушхабарга ишонинглар!”

Худонинг Хушхабари а) Шоҳлик яқинлашгани ва б) тавба қилганлар ва ишонганлар унга кира олишлари ҳақидаги хабардир.

  1. Луқо 4:18: “Эгамизнинг Руҳи мени қамради. Йўқсилларга Хушхабар етказмоқ учун, Эгам мени танлади. Зиндондагиларга қутуласиз, деб айтмоқ учун, Кўрларга, кўзингиз очилади, деб хабар бермоқ учун, Асирларни озод қилмоқ учун,»

Исо Ўзиниг оммавий хизматини Эски Аҳднинг айнан ушбу парчасидан бошлайди. “Хушхабар” сўзи, менимча, Ишаё 61-бобда ишлатилганидек, Худо Шоҳлиги бошқарувининг тўлиқ ўрнатилиши маъносини билдирмоқда.

  1. Ҳаворийлар 13:32 «Барнабо билан мен эса бу Хушхабарни сизларга эълон қилмоқдамиз: Худо Исони тирилтирди! Шу орқали ота–боболаримизга берган ваъдасини уларнинг фарзандлари бўлмиш бизлар учун бажарди.»

38-оятда аниқ кўрсатилганки, Павлус олиб келган хушхабар гуноҳларнинг Исо орқали кечирилишидир. Лекин, шу билан бирга, 32-оятда айтиладики, “Хушхабар қуйидагидан иборат: Худо Исони тирилтирди! Шу орқали ота–боболаримизга берган ваъдасини уларнинг фарзандлари бўлмиш бизлар учун бажарди.” Шубҳасиз Худонинг ота-боболарга берган ваъдаси ҳозир Масиҳда амалга ошди, гуноҳларнинг кечирилиши ҳам бунинг ичига киради, лекин шу билан чегараланиб қоладими?

Шундай қилиб, Янги Аҳдга диққат билан назар солгандан кейин менга “хушхабар” сўзи ҳам кенг маънода, ҳам тор маънода ишлатилгандек туюлмоқда. Кенгроқ маънода, Матто 4-боб, Марк 1-боб, Луқо 4-боб ва Ҳаворийлар 13-бобда ёзилганидек, у Исонинг амалга оширган иши орқали бизга берилган барча ваъдаларга— фақатгина гуноҳларнинг кечирилиши эмас, шу билан бирга, тирилиш, Худо билан ҳам, бошқалар билан ҳам ярашиш, покланиш, улуғлаш, келажак Шоҳлик, янги осмон ва янги ер ва ҳоказоларни англатади. Сиз бу ҳолларда, “хушхабар” Масиҳнинг ҳаёти ва амалга оширган иши орқали ҳимояланган, Худонинг бутун ваъдаларининг жамланмасини билдиради, деб айтишингиз мумкин. Биз буни Осмон Шоҳлиги Хушхабарининг кенгроқ моҳияти деб аташимиз мумкин. Тор маънода, Ҳаворийлар 10-боб, бутун Римликлар китоби, 1 Коринфликларга 1-боб ва 1 Коринфликларга 15-бобда келтирилганидек, “хушхабар” айнан Исонинг нажоткорона ўлими ва тирилиши ҳамда барча одамларни тавбага ва Унга ишонишларига даъватни билдиради. Биз бу торроқ моҳиятни Хоч Хушхабари деб аташимиз мумкин.

Ҳозир яна иккита бошқа нарсаларни изоҳлашга ижозат беринг. Биринчиси, “хушхабар” сўзининг кенг маънода ишлатилиши унинг тор маъносини албатта ўз ичига олади. Матто ва Маркдан мана бу мисолларга эътибор беринг. Исо, кўпчилик айтгандек, шунчаки Осмон Шоҳлигининг бошланишини эълон қилмайди. У Осмон Шоҳлиги бошланишини эълон қилади ва У унга кириш воситасини эълон қилади. Диққат билан қаранг: Исо хушхабарни “Осмон Шоҳлиги келди!”, деб ваъз қилмайди. У хушхабарни “Осмон Шоҳлиги келди. Шунинг учун, тавба қилинглар ва ишонинглар”, деб ваъз қилади. Бу жуда муҳим, Хушхабар ва Хушхабар бўлмаган нарсанинг орасидаги ҳақиқий фарқ қуйидагича: Осмон Шоҳлигининг келгани ва янги яратилиш ва қолган барчасини одамлар унга қандай қилиб киришларини – Масиҳга ва Унинг нажоткорона ўлимига имон келтириш орқали ўз гуноҳларидан тавба қилишлари ва кечирилишларини – айтмасдан туриб эълон қилиш Хушхабар бўлмаган нарсани ваъз қилиш демакдир! Аслида, бу нохуш хабарни ваъз қилиш билан баробар, зеро сиз одамларга ўша янги яратилишга иштирок этишга умид бермайсиз. Осмон Шоҳлиги Хушхабари шунчаки шоҳликнинг эълон қилиниши эмас. Бу шоҳликнинг эълон қилиниши билан биргаликда, одамлар унга тавба қилишлари ва Масиҳга имон келтиришлари орқали кира олишларини эълон қилишдир.

Иккинчиси, алоҳида таъкидлаш жоизки, яна, Янги Аҳд Масиҳ орқали гуноҳларнинг кечирилиши ҳақидаги махсус ва қисқа хабарни “Хушхабар” деб атайди. Шунинг учун, “Агар сиз шунчаки Масиҳ орқали гуноҳларнинг кечирилиши ҳақида ваъз қилаётган ва Худонинг дунёни янгилаши ҳақида гапирмаётган бўлсангиз, унда сиз хушхабарни ваъз қилмаяпсиз”, дейиш нотўғри. Павлус ҳам, Бутрус ҳам (юқоридаги мисоллардан исмларгина айтсак) агар улар одамларга Исонинг нажоткорона ўлими орқали гуноҳларнинг кечирилиши ҳақида ваъз қилган бўлсалар, “Хушхабар”ни ваъз қилдим, деб хурсандчилик билан айта олишган кўринадилар, тамом.

Агар Янги Аҳдда “хушхабар”ни ҳам кенг, ҳам тор маънода ишлатилгани рост бўлса, биз бу икки турдаги маъно, Осмон Шоҳлиги Хушхабари ва Хоч Хушхабари ўртасидаги алоқани қандай тушунишимиз лозим? Бу кейинги савол, ва биз унга жавоб бериб бўлганимизда, ўйлайманки, бу бизга баъзи жуда муҳим масалалар юзасидан онгимизда аниқ-равшанлик пайдо бўлишига ёрдам беради.

Шундай қилиб, Осмон Шоҳлиги Хушхабари ва Хоч Хушхабари бир-бирига қандай алоқаси бор? Аввал таъкидлаганимдек, Осмон Шоҳлиги Хушхабари албатта Хоч Хушхабарини ўз ичига олади. Лекин, янада аниқроқ гапирсак, Хоч Хушхабари Осмон Шоҳлиги Хушхабарининг шунчаки бир қисмими ёки ундан ортиқроқ нарсами? У унинг марказида жойлашганми ёки четидами, у унинг юрагими ёки бошқа нарсами? Ва бу масала юзасидан, нима учун Янги Аҳд ёзувчилари “хушхабар” сўзини Масиҳга имон келтириш орқали гуноҳларнинг кечирилиши ҳақидаги махсус ваъдага нисбатан ишлатишади, кенгроқ маънодаги хушхабар ичидаги бошқа махсус ваъдаларга нисбатан эмас? Нима учун биз Павлус “Мана бу мен тарғиб қилаётган хушхабардир: одамлар бир-бирлари билан қайта бирлашадилар”, деб айтганини учратмаймиз?

Менимча биз бу саволларнинг барчасига қуйидагиларни англаш орқали жавоб топа оламиз: Хоч Хушхабари Осмон Шоҳлиги Хушхабарининг шунчаки бир қисмигина эмас, аксинча, Хоч Хушхабари Осмон Шоҳлиги Хушхабарининг дарвозаси, фавворанинг асл манбаси ҳатто, айтиш мумкинки, негизидир. Бутун Янги Аҳдни ўқиб чиқинг ва сиз унинг биргина маънога эга бўлган хабари, инсон Масиҳнинг ўлими орқали гуноҳларининг кечирилиши йўли орқалигина, Шоҳликнинг ушбу кенг маънодаги марҳаматларига етиша олиши эканини тезда англаб оласиз. Бу фавворанинг асл манбасидир ва қолган барча марҳаматлар айнан ушбу манбадан келиб чиқади.

Менимча, шунинг учун ҳам, Муқаддас Китоб муаллифлари ўша фаввора манбасини “Хушхабар” деб аташлари тўлиқ мос келади, ва ҳатто улар бутун тўпламни – кечирим, оқланиш, тирилиш, янги ижод ва қолган барчасини – ҳам “Хушхабар”, деб аташларига ўхшайди. Чунки, хушхабарнинг кенг марҳаматлари фақатгина тор восита (халоскорлик, кечирим, имон ва тавба) орқали қўлга киритилади ва бу марҳаматлар шубҳасиз тор восита орқали қўлга киритилиши сабабли, Янги Аҳд ёзувчиларининг “Хушхабар”ни ўша дарвоза/негиз/фаввора манбаси деб аташи тўлиқ ўринлидир.

Шу билан бирга, Янги Аҳдда ўша фаввора манбаси “Хушхабар” деб аталиши ва бир вақтнинг ўзида кенгроқ тўпламдаги маълум бир бошқа марҳаматни “Хушхабар” деб аталмаслиги жуда ўринлидир. Шунинг учун ҳам биз инсонларнинг қайта бирлашишини “Хушхабар”, деб атамаймиз. Ҳатто янги осмон ва янги ерни ҳам “Хушхабар” деб атамаймиз. Лекин биз халоскорлик орқали кечирилишни “Хушхабар” деб атаймиз, чунки, у қолган барча марҳаматларнинг фаввора манбаси ва уларга олиб борадиган дарвозадир.

Бундан келиб чиқадиган баъзи муҳим хулосалар бор.

Биринчидан, яна бир марта айтиш жоизки, “Хушхабар” Осмон Шоҳлигининг эълон қилинишидир, деб, даъво қилувчилар, шунчаки, ноҳақлар. Хушхабар Осмон Шоҳлигининг эълон қилиниши эмас; у (кенгроқ маънода) Осмон Шоҳлиги билан биргаликда унга кириш воситасининг эълон қилинишидир.

Иккинчидан, Хоч Хушхабари унчалик хушхабар эмас, ёки хушхабардан камроқ нарса, дейиш нотўғридир. Чунончи, берилган савол “Инсон нажотга эришиши учун қайси хабарга ишониши керак” экан, хоч хушхабари – ана шу хушхабардир. Исо, Павлус ва Бутрус шундай дейишади. [1]

Учинчидан, Осмон Шоҳлиги Хушхабари қандайдир хушхабарга қўшимча ёки ҳақиқий хушхабардан чалғиш, деб айтиш ҳам нотўғри. Чунончи, берилган савол “Масиҳийликнинг бутун хушхабари нимадан иборат” экан, шоҳлик хушхабари хушхабарга қўшимча эмас; у хушхабардир. Исо, Павлус ва Бутрус шундай дейишади.

Тўртинчидан, шунчаки, “Исодан намуна олиб”, яхши ишлар қилаётгани учунгина инсонни масиҳий деб аташ нотўғри. Масиҳий бўлиш, Осмон Шоҳлиги марҳаматлари иштириокчиси бўлиш, инсондан аввало дарвозадан киришни, яъни Масиҳ олдига имон билан келиш ва гуноҳларининг кечирилиши ва нажотга эришишни талаб этади. Бунян ўзининг “Зиёратчининг ривожи” (Pilgrims Progress) асарида Масиҳий Самовий Шаҳарга бориш йўлагида учратган жаноб Расмиятчи ва жаноб Иккиюзламачи образларини тасвирлайди. Бир муҳлат суҳбатлашгандан кейин, шунга қарамай, Масиҳий улар Самовий Дарвоза орқали бориш ўрнига девордан шу йўлакка ошиб тушганларини англайди. Хулоса: ушбу икки одам ҳозир йўлак бўйлаб қанчалик яхши ҳаракатланаётганликларига қарамай, масиҳий эмаслар. Образларни озроқ ўзгартирадиган бўлсак, Исога-Эргашувчи жаноб ва Осмон-Шоҳлиги-Ҳаётини-Яшовчи хоним хочга михланган Исонинг олдига гуноҳларининг кечирилиши учун тавба ва имон билан келмагунларича, улар масиҳий эмаслар. Ташқарида буни англаши керак бўлган кўплаб одамлар бор. Одам хоҳлаганича “Исо яшаганга ўхшаб яшаши” мумкин, лекин у нажот, имон ва тавба Самовий Дарвозаси орқали ўтмагунча, у Масиҳнинг олдига кела олмайди. У шунчаки, девордан ошиб тушган.

Бешинчидан, ишонаманки, масиҳий бўлмаганлар “Осмон Шоҳлиги иши”ни бажараяпти, деб айтиш, ҳар доим нотўғридир. Масиҳий бўлмаган одам одамларнинг ярашиши ёки адолат учун фаолият юритаётган одам яхши иш қилмоқда, лекин бу Осмон Шоҳлигининг иши эмас, чунки бу Шоҳнинг номи билан қилингани йўқ. К.С.Луис ноҳақ эди; сиз Таш номи билан яхши ишлар қилиб, Аслан номи бунинг учун хурсанд бўлади, деб умид қила олмайсиз.

Олтинчидан, ҳар қандай меҳрибонлик хизматининг туб мақсади – имонли шахс томонидан ёки жамоат томонидан бажариладими – фарқи йўқ – дунёни дарвозага йўналтириб, қайтариш лозим. Бу борада кўп гапирсак бўлади, лекин, менимча, бунинг ҳаммасини тўғри тушуниш вазифачиликнинг кучли илҳомини ва дунёга кириб борувчи гувоҳликни таъминлайди. Агар сиз, Исо номи билан, мисол учун, сартарошхонангизни янгиламоқчи бўлганингизда, сиз хўжайинга айтишингиз керак (қисқа бўлиши учун, очиқчасига гапирганда), “Қаранг, мен буни Раббимга, гўзаллик, тартиб ва тинчик каби нарсалар ҳақида ўйлайдиган (қайғурадиган) Худога хизмат қилганим учун қиляпман. Аслида, Муқаддас Китобда ёзилганки ва мен бунга албатта ишонаман, Худо бир кун келиб бу дунёни янгидан яратмоқчи ва ранги йўқолмайдиган ва дарахтлари қуримайдиган шоҳликни эълон қилади. Лекин, [ва шу жойда асосий моҳиятга етиб келамиз] менимча, гуноҳларингиз туфайли сиз бунда иштирок эта олмайсиз. Токи тавба қилиб, Масиҳга ишонмагунингизча.” Ва ўшанда сиз унга хоч ҳақидаги хушхабарни айтасиз. Агар сиз сартарошхонангизни шунчаки янгиласангиз ва келажак шоҳликни эълон қилсангиз, Хушхабарни эълон қилишда муваффақиятсизликка учраган бўласиз. Осмон Шоҳлиги Хушхабари Шоҳлик билан бирга унга кириш воситасини эълон қилишдир.

Еттинчидан, олдинроқ таъкидлаганимдек, ишонаманки, янги (тўсатдан вужудга келган) деб аталувчи жамоатлардаги кўпчилик одамлар – ўз хушхабарлари қанчалик даражада ҳайратланарли ва ажойиб эканлиги ҳақида қаттиқ туриб олганликлари учун – хушхабар ҳақида аслида нима ҳайратланарли эканлигини бутунлай эсдан чиқаришган.

Исо шоҳ эканлиги севги ва ҳамдардлик шоҳлигига асос солганлиги умуман ҳайратланарли эмас. Ҳар бир яҳудий бир кун келиб нима содир бўлиши ҳақида билган. Хушхабардаги ҳақиқатдан ҳам ҳайратланарли нарса эса, Мойлаб Танланган Шоҳ Ўз халқини қутқариш учун ўлади – Дониёрдаги Илоҳий Инсон Ўғли, Довуд тасвирлаган Масиҳ (Мойланган) ва Ишайодаги Азоб чекаётган Хизматчи бир хил шахс бўлиб чиқади. Ва ниҳоят, яна мана шу тарзда биз Осмон Шоҳлиги Хушхабари ва Хоч Хушхабарини бир-бирига боғлаймиз. Исо фақатгина Шоҳ эмас, У Хочга михланган Шоҳ ҳамдир. Шундан кейин, янги жамоатлардаги кўпчилик одамлар ҳайратланарли деб билган хушхабар умуман ҳайратланарли эмас. Бу шунчаки зерикарли хабар.

Саккизинчидан, ҳозиргача айтиб ўтган барча нарсалар қуйидагича хулосага етаклайди: хушхабарчилик, хизматчилик ва чўпонликка доир урғу бугунги кунда Хоч Хушхабарига – кенгроқ маънодаги Осмон Шоҳлиги Хушхабари фаввора манбаси ва дарвозасига тегишлидир. Чунки, агар биз одамларни унга йўналтирмасак, қолган барчаси қўлга киритиб бўлмас ва ҳақиқатда ёмон хабардир. Шунинг учун, бу бугунги замонда Худонинг дунйодаги ҳар бир инсонга тегишли кенг қамровли амри “Тавба қилиш ва ишониш” амри ҳамдир.

Хушхабарнинг ўзида берилган биргина амр бор (кенг маънодами ёки тор маънодами – фарқи йўқ): Тавба қилинглар ва ишонинглар. Бу ушбу замонда ҳар бир инсоннинг асосий вазифасидир ва шунинг учун, у бизнинг ваъзларимизнинг ҳам асосий урғуси бўлиши лозим.

[1] Исо Хоч Хушхабарини жуда аниқ ваъз қилади (мисол учун, Марк 10:45да) у ўзининг ёзиб қолдирган сўзларида “Хушхабар” сўзини унга аниқ боғламаган бўлса ҳам. Умумийроқ эслатма сифатида, биз сўз-изланишларининг фойдасини тан олсакда, биз хушхабарга доир таърифимиз ва уни матнда аниқлашимизни “Хушхабар” сўзининг ишлатилиши ҳолатларига жуда қаттиқ боғламаслигимиз керак. Акс ҳолда, биз Юҳанно у ҳақда умуман гапирмаган дейишимизга тўғри келган бўлар эди, чунки унинг Янги Аҳддаги барча китобларида хушхабар сўзи умуман ишлатилмаган.

Грег Гилберт