Жамоат Аъзолиги

Muqaddas Kitobingizni Ochib, Jamoatingizni Marhamatlang

Томонидан Kerri Rassel

Kerri Rassel turmush o’rtog’i Deyv va to’rt farzandi bilan Shimoliy Karolinaning Sharlot shahrida yashaydi. U “Oukharst Baptist Jamoati”ning a’zosi. Turmush o’rtog’i Deyv shu jamoatda cho’pon bo’lib xizmat qiladi. Керри Рассел турмуш ўртоғи Дейв ва тўрт фарзанди билан Шимолий Каролинанинг Шарлот шаҳрида яшайди. У “Оукҳарст Баптист Жамоати”нинг аъзоси. Турмуш ўртоғи Дейв шу жамоатда чўпон бўлиб хизмат қилади.
Мақолалар
10.04.2019

Jamoatimizdagi bir guruh ayollar bilan Pavlusning Rimliklarga maktubi 8-bobini o’qiganimizdan keyin, Xudoning Kalomini Xudoning farzandlari bilan birga o’qish bu in’om ekanligidan hayratga tushdim. Xudoning har qanday farzandi bilan emas, men aynan mahalliy jamoatimiz orqali ahdlashgan opa-singillarimiz bilan birga o’qish yoqimli edi.

Ko’pgina yaxshi tashkilotlar, Muqaddas Kitobni o’rganish bo’yicha yaxshi ishlar qilishga harakat qilishadi. Men butun shahar miqyosidagi Muqaddas Kitob darslari o’tilishini, turli xil onlayn forumlarni va ilovalarni bilaman va yaqinda chop etgan kitoblariga asoslanib olti haftalik sessiyalar o’tayotgan mualliflar haqida eshitganman. Albatta, Xudoning Kalomini o’qish o’qimaslikdan ko’ra doim yaxshiroq bo’lgan. Ammo buni amalga oshirishning eng yaxshi yo’li bu jamoatingizdagi imonli birodarlar bilan birga o’qishdir. 

BUNING UCHTA SABABI

  1. Xudoning Kalomini jamoat a’zolari bilan birga o’rganish bir-birimizga bergan jamoat ahdimizni bajarishimizga yordam beradi.

Jamoatim ahdidan olingan quyidagi paragraflarni ko’rib chiqing:

Biz Masihiycha sevgida birgalikda yuramiz, bir-birimizga mehr bilan g’amxo’rlik qilib e’tiborli bo’lamiz; bir-birimiz uchun ibodat qilamiz; chin yurakdan dalda beramiz, ogohlantiramiz, tanbeh beramiz va vaqti kelsa bir-birimizga nasihat qilamiz;

Xudoning inoyati bilan dunyoda ehtiyot bo’lib yashashga harakat qilamiz. Suvga cho’mganimizda U bilan birga ko’milganimizni, yangi hayot uchun tirilganimizni hamda endi yangi va muqaddas hayot kechirish majburiyatimiz borligini yodimizda tutib nopoklikni va dunyoviy istaklarni rad etishga intilamiz.

Muqaddas Kitobni o’rganish darsimizda ko’pincha bir savol muhokamasiga qaytamiz: “Bir-birimiz bilan tuzgan ahdimiz asosida yashayotganimizda bu parchani jamoatdagi hayotimizga qanday qo’llaymiz?”

Rimliklarga 8-bob bo’yicha mulohaza qilayotganimizda biz quyidagilarga o’xshash mavzularni muhokama qilardik:

  • Muqaddas Ruh amri bilan yashash
  • Qiyinchiliklarda xursand bo’lish
  • Gunoh uchun o’lik bo’lish
  • Ruhning fikriga ega bo’lish
  • Xudo qabul qilgan farzandlar va Masihning barakalariga merosxo’r bo’lish qandayligini tushunish
  • Xudoni sevganlarga hamma narsa yaxshilik bo’lib xizmat qilishiga ishonish

Bu parchalar son-sanoqsiz ajoyib ochiqliklarni olamiz. Ayniqsa, bu parchalarni solih hayot kechirish uchun kurashlarimiz davomida ko’rgan qiyinchiliklarimizga guvoh bo’lgan opa-singillarimiz bilan birga o’qish orqali yana ham ko’proq ochiqliklarga ega bo’lamiz. Xudoning Kalomini o’qiganimizda, o’rganganimizda va Unga itoat etib, bir-birimizga inoyatda o’sishga yordam berganimizda, jamoatda bir-birimizga bergan ahdimiz asosida faol hayot kechirayotgan bo’lamiz.

  1. Chetdan (boshqa jamoatlardan) shogird orttirsak, jamoat gullab-yashnamaydi. 

Eng avvalo o’zimizning mahalliy jamoatimizdan shogird orttirib ularga ta’lim-tarbiya berishimiz kerak. Shahar miqyosida tadbirlarga yoki ko’cha oxiridagi jamoatning chuqur hurmatga ega serg’ayrat notig’iga bo’lgan intilishni tushunaman. Biroq biz notiq, joy yoki tinglovchilardan ko’ra ko’proq Xudoning Kalomini tusashimiz kerak. Agar biz o’z jamoatimizdan tashqaridagilardan shogird orttiradigan bo’lsak, jamoatimiz a’zolaridan olishimiz mumkin bo’lgan o’ziga xos o’tkirlanish ruhda qaynoq bo’lishi kabi imkoniyatlarni qo’ldan boy beramiz.

Shogirdlik munosabatlari faqatgina istagan paytimizda yoki ba’zi-ba’zida bo’ladigan munosabat emas. Bunday munosabatlar yuzaki, ko’rishganda oddiy har doimgi, “Ahvollaringiz yaxshimi?” kabi savollar bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Xudoning Kalomini jamoat a’zolari bilan birgalikda o’rganganimizda bizda doim va o’z o’rnida nasihat qilishga imkoniyat bo’ladi. Vaqt o’tib yuqoridagi oddiy mavzular, uchrashuvga chiqish qiyinchiliklari, ishdagi kelishmovchiliklar, yangi farzand, oilaviy janjallar, kabi chuqurroq va hayotiy mavzularga o’zgaradi. Muqaddas Kitob bu mavzularning hammasiga javob beradi. Shuning uchun, keling Masihdagi hayotimizni birgalikda yashaydigan ayollar bilan Xudo Kalomini o’rganib, bu jarayonda erishilgan, uzoq qoladigan hosilning barakalaridan bahramand bo’laylik.

  1. Jamoat a’zosi sifatida sizning tajribangizni oshiradi.

O’zingizni jamoatdan uzilgandek his qilyapsizmi? Jamoatdan “olayotgan”laringiz sizni qoniqtirmayaptimi (ko’nglingizni qoldiryaptimi)? Sizni ishontirib aytamanki, jamoat a’zolari bilan birga o’tirib Xudoning Kalomini o’qish yoki o’rganish sizga o’zgacha yaqinlikni ta’minlaydi, bu esa jamoatga ko’proq bog’liqlik hissini beradi.

Agar ko’pgina masihiylardan, “Jamoatdan nimani kutasiz?”, deb so’rasangiz, ular, “jamoaviylikni”, deb javob berishadi. Xudoning Kalomini birga o’qish shunday jamoaviylikni shakllantiradi. Bu imonli birodarlarni o’zaro birlashtiradi. Birodarlar har safar Xudoning Kalomini birga o’qish paytida yangi narsani o’rganadilar va har safar Xudoning Kalomiga birgalikda itoat qilishga intilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Jamoat cho’ponlari ko’pgina sabablarga ko’ra jamoatdagi ayollar orasida bunday munosabatlarni shakllantirishga harakat qilishlari kerak. Eng avvalo, o’zlari biladigan ayollarning ta’lim berishi hech kimni shubhali teologiyaga yetaklamasligiga ishonchlari komil bo’ladi. Afsuski, biror bir shaxs tomonidan yoki onlayn o’rgatiladigan dong’i chiqqan Muqaddas Kalom darslari haqida bunday deya olmaymiz. Bundan tashqari, Muqaddas Kitobni birga ochganimizda, teologiya haqidagi bilimlarimiz oshadi va bu bizni jamoat sifatida yanada ko’proq jipslashishga yordam beradi.

Nima uchun jamoat cho’ponlari bu munosabatni qo’llab quvvatlashlari kerakligiga yana bir sabab bu yakshanba tongidagi yig’ilishlarimizning ta’sirini kuchaytirishidadir. Yakshanba kunida o’qigan parchamiz, (xuddi biz buni avvaldan rejalashtirgandek) bizning Rimliklarda o’qigan mavzumizga mos kelsa qanday ajoyib. Hamda va’zda olgan ma’lum bir ochiqliklarimizni Rimliklarga va kundalik hayotimizga qanday qo’llash mumkinligi haqida doim muhokama qilishimiz ham mumkin bo’lardi. Xudoning so’zini mahalliy jamoat kontekstida eshitganlarimiz asosida o’rganganimizdagina va’zdan Muqaddas Kalomni o’rganish darslariga o’tishimiz mumkin.

Ba’zi vaqtlarda jamoatdan tashqaridagi Muqaddas Kalomni o’rgatish darslariga qatnash yoki onlayn guruhlarga qo’shilish chindan ham foydali bo’lishi mumkin. Biroq Xudoning Kalomini jamoatingizdagi boshqa ayollar bilan birga o’rganish qalbingizga va jamoatingizning birligiga qanchalik foyda keltirishini bir o’ylab ko’rishingizni maslahat bergan bo’lardim.

JAMOATIMDA MUQADDAS KITOBNI O’RGANISH DARSLARI (GURUHI) BO’LMASACHI?

Meni diqqat bilan tinglang: har bir jamoatda ayollarga Muqaddas Kalomni o’rgatish darslari bo’lishi shart emas. Biroq Xudoning Kalomini o’rganish uchun ko’proq imkoniyatlarga ega bo’lishni istasangiz, o’zingiz bir nechta ayollarni yig’ib birgalikda Kalom o’qishingizni qo’llab-quvvatlayman.

XUDONING KALOMINI VA XUDONING XALQINI SEVING! 

Unutmaylik: “Muqaddas bitiklarning hammasi ilohiy ilhom bilan yozilgan bo’lib, ta’lim va tanbeh berish, xatolarni tuzatish va solihliy yo’lida tarbiya berish uchun foydalidir” (2-Tim. 3:16).

Agar Xudoning Kalomi yuqorida keltirilgan maqsadlar uchun foydali bo’lsa, uni qayerda va qanday ishlatishga ham e’tiborli bo’lishimiz kerak. O’rgatish, xatolarni tuzatish, dalda berish va ta’lim berishga o’zimizning mahalliy jamoatimizdan yaxshiroq joy yo’q. Biz o’zimiz ahdlashgan masihiylar bilan birgalikda Muqaddas Kitobni o’qisak, abadiy natijalarga olib keladigan to’g’ri ish qilgan bo’lamiz. O’zingizni Xudoning Kalomini o’rganishga, Xudoning amrlarini bilishga va siz bilan birga Xudoning Kalomini sevadigan imonlilar guruhini qurishga bag’ishlang.

 

Муқаддас Китобингизни Очиб, Жамоатингизни Марҳаматланг

Жамоатимиздаги бир гуруҳ аёллар билан Павлуснинг Римликларга мактуби 8 бобини ўқиганимиздан кейин, Худонинг Каломини Худонинг фарзандлари билан бирга ўқиш бу инъом эканлигидан ҳайратга тушдим. Худонинг ҳар қандай фарзанди билан эмас, мен айнан маҳаллий жамоатимиз орқали аҳдлашган опа-сингилларимиз билан бирга ўқиш ёқимли эди.

Кўпгина яхши ташкилотлар, Муқаддас Китобни ўрганиш бўйича яхши ишлар қилишга ҳаракат қилишади. Мен бутун шаҳар миқёсидаги Муқаддас Китоб дарслари ўтилишини, турли хил онлайн форумларни ва иловаларни биламан ва яқинда чоп этган китобларига асосланиб олти ҳафталик сессиялар ўтаётган муаллифлар ҳақида эшитганман. Албатта, Худонинг Каломини ўқиш ўқимасликдан кўра доим яхшироқ бўлган. Аммо буни амалга оширишнинг энг яхши йўли бу жамоатингиздаги имонли биродарлар билан бирга ўқишдир. 

БУНИНГ УЧТА САБАБИ

  1. Худонинг Каломини жамоат аъзолари билан бирга ўрганиш бир-биримизга берган жамоат аҳдимизни бажаришимизга ёрдам беради.

Жамоатим аҳдидан олинган қуйидаги параграфларни кўриб чиқинг:

Биз Масиҳийча севгида биргаликда юрамиз, бир-биримизга меҳр билан ғамхўрлик қилиб эътиборли бўламиз; бир-биримиз учун ибодат қиламиз; чин юракдан далда берамиз, огоҳлантирамиз, танбеҳ берамиз ва вақти келса бир-биримизга насиҳат қиламиз;

Худонинг инояти билан дунёда эҳтиёт бўлиб яшашга ҳаракат қиламиз. Сувга чўмганимизда У билан бирга кўмилганимизни, янги ҳаёт учун тирилганимизни ҳамда энди янги ва муқаддас ҳаёт кечириш мажбуриятимиз борлигини ёдимизда тутиб нопокликни ва дунёвий истакларни рад этишга интиламиз.

Муқаддас Китобни ўрганиш дарсимизда кўпинча бир савол муҳокамасига қайтамиз: “Бир-биримиз билан тузган аҳдимиз асосида яшаётганимизда бу парчани жамоатдаги ҳаётимизга қандай қўллаймиз?”

Римликларга 8 боб бўйича мулоҳаза қилаётганимизда биз қуйидагиларга ўхшаш мавзуларни муҳокама қилардик:

  • Муқаддас Руҳ амри билан яшаш
  • Қийинчиликларда хурсанд бўлиш
  • Гуноҳ учун ўлик бўлиш
  • Руҳнинг фикрига эга бўлиш
  • Худо қабул қилган фарзандлар ва Масиҳнинг баракаларига меросхўр бўлиш қандайлигини тушуниш
  • Худони севганларга ҳамма нарса яхшилик бўлиб хизмат қилишига ишониш

Бу парчалар сон-саноқсиз ажойиб очиқликларни оламиз. Айниқса, бу парчаларни солиҳ ҳаёт кечириш учун курашларимиз давомида кўрган қийинчиликларимизга гувоҳ бўлган опа-сингилларимиз билан бирга ўқиш орқали яна ҳам кўпроқ очиқликларга эга бўламиз. Худонинг Каломини ўқиганимизда, ўрганганимизда ва Унга итоат этиб, бир-биримизга иноятда ўсишга ёрдам берганимизда, жамоатда бир-биримизга берган аҳдимиз асосида фаол ҳаёт кечираётган бўламиз.

  1. Четдан (бошқа жамоатлардан) шогирд орттирсак, жамоат гуллаб-яшнамайди. 

Энг аввало ўзимизнинг маҳаллий жамоатимиздан шогирд орттириб уларга таълим-тарбия беришимиз керак. Шаҳар миқёсида тадбирларга ёки кўча охиридаги жамоатнинг чуқур ҳурматга эга серғайрат нотиғига бўлган интилишни тушунаман. Бироқ биз нотиқ, жой ёки тингловчилардан кўра кўпроқ Худонинг Каломини тусашимиз керак. Агар биз ўз жамоатимиздан ташқаридагилардан шогирд орттирадиган бўлсак, жамоатимиз аъзоларидан олишимиз мумкин бўлган ўзига хос ўткирланиш руҳда қайноқ бўлиши каби имкониятларни қўлдан бой берамиз.

Шогирдлик муносабатлари фақатгина истаган пайтимизда ёки баъзи-баъзида бўладиган муносабат эмас. Бундай муносабатлар юзаки, кўришганда оддий ҳар доимги, “Аҳволларингиз яхшими?” каби саволлар билан чегараланиб қолмаслиги керак. Худонинг Каломини жамоат аъзолари билан биргаликда ўрганганимизда бизда доим ва ўз ўрнида насиҳат қилишга имконият бўлади. Вақт ўтиб юқоридаги оддий мавзулар, учрашувга чиқиш қийинчиликлари, ишдаги келишмовчиликлар, янги фарзанд, оилавий жанжаллар, каби чуқурроқ ва ҳаётий мавзуларга ўзгаради. Муқаддас Китоб бу мавзуларнинг ҳаммасига жавоб беради. Шунинг учун, келинг Масиҳдаги ҳаётимизни биргаликда яшайдиган аёллар билан Худо Каломини ўрганиб, бу жараёнда эришилган, узоқ қоладиган ҳосилнинг баракаларидан баҳраманд бўлайлик.

  1. Жамоат аъзоси сифатида сизнинг тажрибангизни оширади.

Ўзингизни жамоатдан узилгандек ҳис қиляпсизми? Жамоатдан “олаётган”ларингиз сизни қониқтирмаяптими (кўнглингизни қолдиряптими)? Сизни ишонтириб айтаманки, жамоат аъзолари билан бирга ўтириб Худонинг Каломини ўқиш ёки ўрганиш сизга ўзгача яқинликни таъминлайди, бу эса жамоатга кўпроқ боғлиқлик ҳиссини беради.

Агар кўпгина масиҳийлардан, “Жамоатдан нимани кутасиз?”, деб сўрасангиз, улар, “жамоавийликни”, деб жавоб беришади. Худонинг Каломини бирга ўқиш шундай жамоавийликни шакллантиради. Бу имонли биродарларни ўзаро бирлаштиради. Биродарлар ҳар сафар Худонинг Каломини бирга ўқиш пайтида янги нарсани ўрганадилар ва ҳар сафар Худонинг Каломига биргаликда итоат қилишга интилиш  имкониятига эга бўладилар.

Жамоат чўпонлари кўпгина сабабларга кўра жамоатдаги аёллар орасида бундай муносабатларни шакллантиришга ҳаракат қилишлари керак. Энг аввало, ўзлари биладиган аёлларнинг таълим бериши ҳеч кимни шубҳали теологияга етакламаслигига ишончлари комил бўлади. Афсуски, бирор бир шахс томонидан ёки онлайн ўргатиладиган донғи чиққан Муқаддас Калом дарслари ҳақида бундай дея олмаймиз. Бундан ташқари, Муқаддас Китобни бирга очганимизда, теология ҳақидаги билимларимиз ошади ва бу бизни жамоат сифатида янада кўпроқ жипслашишга ёрдам беради.

Нима учун жамоат чўпонлари бу муносабатни қўллаб қувватлашлари кераклигига яна бир сабаб бу якшанба тонгидаги йиғилишларимизнинг таъсирини кучайтиришидадир. Якшанба кунида ўқиган парчамиз, (худди биз буни аввалдан режалаштиргандек) бизнинг Римликларда ўқиган мавзумизга мос келса қандай ажойиб. Ҳамда ваъзда олган маълум бир очиқликларимизни Римликларга ва кундалик ҳаётимизга қандай қўллаш мумкинлиги ҳақида доим муҳокама қилишимиз ҳам мумкин бўларди. Худонинг сўзини маҳаллий жамоат контекстида эшитганларимиз асосида ўрганганимиздагина ваъздан Муқаддас Каломни ўрганиш дарсларига ўтишимиз мумкин.

Баъзи вақтларда жамоатдан ташқаридаги Муқаддас Каломни ўргатиш дарсларига қатнаш ёки онлайн гуруҳларга қўшилиш чиндан ҳам фойдали бўлиши мумкин. Бироқ Худонинг Каломини жамоатингиздаги бошқа аёллар билан бирга ўрганиш қалбингизга ва жамоатингизнинг бирлигига қанчалик фойда келтиришини бир ўйлаб кўришингизни маслаҳат берган бўлардим.

ЖАМОАТИМДА МУҚАДДАС КИТОБНИ ЎРГАНИШ ДАРСЛАРИ (ГУРУҲИ) БЎЛМАСАЧИ?

Мени диққат билан тингланг: ҳар бир жамоатда аёлларга Муқаддас Каломни ўргатиш дарслари бўлиши шарт эмас. Бироқ Худонинг Каломини ўрганиш учун кўпроқ имкониятларга эга бўлишни истасангиз, ўзингиз бир нечта аёлларни йиғиб биргаликда Калом ўқишингизни қўллаб-қувватлайман.

ХУДОНИНГ КАЛОМИНИ ВА ХУДОНИНГ ХАЛҚИНИ СЕВИНГ! 

Унутмайлик: “Муқаддас битикларнинг ҳаммаси илоҳий илҳом билан ёзилган бўлиб, таълим ва танбеҳ бериш, хатоларни тузатиш ва солиҳлий йўлида тарбия бериш учун фойдалидир” (2 Тим. 3:16).

Агар Худонинг Каломи юқорида келтирилган мақсадлар учун фойдали бўлса, уни қаерда ва қандай ишлатишга ҳам эътиборли бўлишимиз керак. Ўргатиш, хатоларни тузатиш, далда бериш ва таълим беришга ўзимизнинг маҳаллий жамоатимиздан яхшироқ жой йўқ. Биз ўзимиз аҳдлашган масиҳийлар билан биргаликда Муқаддас Китобни ўқисак, абадий натижаларга олиб келадиган тўғри иш қилган бўламиз. Ўзингизни Худонинг Каломини ўрганишга, Худонинг амрларини билишга ва сиз билан бирга Худонинг Каломини севадиган имонлилар гуруҳини қуришга бағишланг.