Qanday qilib har hafta eshitadigan va’zlardan ko‘proq samara olishim mumkin?
Butun hafta davomida yakshanba kuni va’z qilinadigan parcha ustida fikr yuriting. Cho‘poningiz o‘z va’zini tayyorlayotganda u uchun ibodat qiling. Matn bo‘yicha qaydlar yozib qo‘ying. Matn bo‘yicha savollar so‘rang. Matn bo‘yicha ibodat qiling. Yakshanba kungi yig‘ilish uchun tayyorlaning. Shanba kuni kechqurun yoki yakshanba kuni ertalab, Xudo Kalomini va’z qilinishini tinglash imkoniyatingiz uchun, oldindan ibodat qiling. Va’zdan oldin yuragingiz […]
Ekspozitsion va’zlar xushxabarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakmi?
Albatta! Nima uchun? Havoriy Pavlus bunga namuna ko‘rsatdi. Havoriy Pavlus jamoatdagi har bir narsa imonlilarning imonini mustahkamlash uchun qilinishi kerakligini aytgan bir paytda, (1-Kor. 14:12, 26), u yig‘ilishga kelgan imonsizlar ham o‘z gunohlaridan tavba qilib, Masihga imon keltirishlarini xohlaydi (1-Kor. 14:23-25). Shuning uchun, ekspozitsion va’z aziz imonlilarni imonda mustahkamlashi kerak, lekin u, shu bilan birga, imonsizlarga xushxabarni […]
Ekspozitsion va’z cho‘pon aytishi kerak bo‘lgan yagona va’z turimi?
Yo‘q, ekspozitsion va’z cho‘pon aytishi kerak bo‘lgan yagona va’z turi emas. Lekin… Cho‘ponning doimiy, har hafta aytadigan va’zi, asosan, ekspozitsion bo‘lishi kerak. Ketma-ketlikda kalomiy matnlarni tushuntirib berish va hayotga moslashtirish orqaligina va’zxon o‘zining emas, Xudoning kun tartibi jamoatni yetaklashiga qo‘yib beradi. Cho‘ponning odatiy va’zi ekspozitsion bo‘lishi kerak, chunki Xudoning Kalomi ruhan o‘lgan gunohkorlarga hayot beruvchi […]
Nima uchun odamlar ekspozitsion va’zni yoqtirishmaydi?
Ularning bunga ishtahalari yo‘q. Odatda, Xudoning hokimiyatli So‘zini tinglashga imonsizlarning ishtiyoqi past bo‘ladi. Shunga qaramay, ekspozitsion va’znning go‘sht va sabzavotlari bizni ruhan sog‘lom qilsada, xuddi yosh bola faqat fastfoodni xohlagani kabi, hatto masihiylar ham sust ruhiy ishtahaga ega bo‘ladilar. Ehtimol, biz hech qachon qattiq ovqatga tayyorlanmaganimiz uchun ekspozitsion va’zni yoqtirmasmiz. “U juda hokimiyatli.” Ekspozitsion va’z “Mana […]